Yurt tinchligini ta'minlashda millatlararo totuvlikning o'rni Vatan ravnaqi va yurt tinchligi g'oyalari bir mamlakatda yashaydigan millat va elat vakillarining maqsad, manfaatlarining o'zaro mushtarakligiga asoslanadi. O'zbekistonda yashayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari uchun yagona Vatan O'zbekiston hisoblanadi. Chunki, O'zbekiston unda yashayotgan turli millat vakillari uchun kindik qoni to'kilgan joy, uni kamol toptiradigan, hayotiga mano-mazmun bahsh etadigan tabarruk maskan hisoblanadi. Har bir O'zbekistonlik qaysi millatga mansub bo'lmasin, uning ajdodlaridan avlodlariga qoladigan buyuk meros, eng aziz xotira bo'lib qoladi. Vatan ota-bobolarimizning xoki poklari jo bo'lgan vaqti soati etib har birimiz bosh qo'yadigan muqaddas zamindir. Vatan ravnaqi va yurt tinchligi g'oyasi o'zining umuminsoniy mazmun va mohiyatiga egaligi bilan ajralib turadi va har bir millat farzandi hayoti bilan bog'liq. Bugungi o'tish davrida uning o'ziga xos mushtarak jihatlari namoyon bo'lmoqda. O'tish davri-milliy o'zlikning, milliy g'oyaning yangitdan shaqlanishi davri. Bizning milliy istiqlol g'oyamiz o'zimizning taraqqiyot strategiyamizga mos, O'zbekistonning rivojlanish, yangi jamiyat barpo etish g'oyasidir. Bu g'oya Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo'lida barchamizning manfaatimizni ifoda etgan xalq g'oyasidir. Vatan kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug'ilib o'sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati. Vatan bir-birini taqozo etuvchi tashqi muhit va ichki kechinmalar hamda tushunchalarni o'z ichiga oladi. Tashqi muhit nuqtai nazaridan Vatan kishi yoki avlodlar tug'ilib o'sgan va kamol topgan joy, zamin o'lkadir. Vatan ostonadan boshlanadi, deb bejiz aytmaydi xalqimiz. Biroq, kishi ulg'aygan sayin, uning Vatan haqidagi tushunchasi ham kengayadi. Natijada, tili, e'tiqodi, urf-odatlari va milliy sifatlari bir bo'lgan avlodlar yashagan va yashayotgan jug'rofiy muhit Vatanni ifoda etadi. Ichki tushuncha va kechinmalarni ko'zda tutib fikr yuritsak, Vatan tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo'lib, tashqi muhit va davrlar ta'sirida shakllangan va o'zgarib kelgan ijtimoiy-ruhiy tuyg'udir. Millatlar o'rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarning o'sishi avvallari faqat bir elat yoki millat uchun Vatan bo'lgan o'lkani, shu o'lkada yashab turgan barcha elat va millatlar uchun Vatanga aylantiradi. Respublikamizda hozir yashayotgan yuzdan ziyod millat va elatlarning O'zbekistonni o'z Vatani deb bilishi ham ana shunday jarayonlar va o'zgarishlar natijasidir. Shu boisdan, Vatan tushunchasi tor milliy qarashlardan kengroq bo'lib, u bir joy, zamin, o'lkada yashayotgan kishilarni, ularning millatidan qati nazar birlashtiruvchi ijtimoiy tuyg'udir. Turli davrlarda yurtimizda chet ellarga ketishga majbur bo'lgan vatandoshlarimizning farzandlari va nevaralari ham O'zbekistonni o'z Vatanimiz deb ataydilar. Bo' o'rinda milliy-ma'naviy tushunchalar va an'analar ko'proq ta'sir qilayotgani ayondir. Vatan, eng avvalo, obyektiv muhit, borliq, zamin bilan bog'liq bo'lgani uchun kishi ongida aniq tasvir, qiyofa, siymolar tarzida shakllanadi. Mavhum Vatan yo'q. Vatan har doim aniq ko'rinishga ega bo'ladi. Shuning uchun ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 08:13:38
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.13 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:10
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.13 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:10 ]
Arxiv ichida: docx