Borliq falsafasi

Borliq falsafasi

O'quvchilarga / Falsafa
Borliq falsafasi - rasmi

Material tavsifi

Borliq falsafasi Reja: 1. Borliq va uning mavjudlik shakllari. 2. Borliq va yo'qlik, mavjudlik va reallik. 3. Harakat, fazo va vaqt, makon va zamon. 4. Borliq falsafasini o'rganishning ahamiyati. Borliq tushunchasi. Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo'qlik» haqida bahs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko'plab asarlar yozishgan. Xo'sh, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko'ringani bilan unga shu choqqacha barcha kishilarni birday qanoatlantiradigan javob topilgani yo'q. Bu holat borliqqa turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog'lab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq - obyektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, o'y-xayollarimiz borliq tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar obyektiv reallikning hosilasidir, deb javob berishadi. Falsafaning borliq haqidagi ta'limotni izohlaydigan qismi - ontologiya deb ataladi. (Bu tushunchani falsafada birinchi bor X. Volf qo'llagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu sohasi o'rganadi. Yo'qlik hech nima demakdir. Hamma narsani hech narsaga aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intihosi ham yo'qlikdir. Bu manoda yo'qlik cheksizlik, nihoyasizlik va mangulik bilan birdir. Yo'qlik chekingan joyda borliq paydo bo'ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, kushandasi ham yo'qlikdir. Borliq yo'qlikdan yo'qlikkacha bo'lgan mavjudlikdir. Yo'qlikni hech narsa bilan qiyoslab bo'lmaydi. Fanda yo'qlik nima, degan savolga javob yo'q. Borliq haqidagi konsepsiyalar. Tarixdan malumki, faylasuflar borliq haqida turlicha g'oyalarni ilgari surishgan. Markaziy Osiyo tuprog'ida vujudga kelgan zardushtiylik ta'limotida borliq quyosh va olovning hosilasidir, alangalanib turgan olov borliqning asosiy mohiyatini tashkil etadi, deb hisoblangan. Chunki bu g'oya bo'yicha, har qanday o'zgarish va harakatning asosida olov yotadi va u borliqqa mavjudlik bahsh etadi. Qadimgi yunon faylasufi Suqrot borliqni bilim bilan qiyoslaydi va uningcha, biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo'ladi, insonning bilimi qancha keng bo'lsa, u shuncha keng borliqni qamrab oladi, deb hisoblaydi. Qadimgi dunyoning atomist olimi Demokrit borliq atomlar majmuasidan iborat deb tushuntirgan. Uning fikricha, borliqning mohiyati uning mavjudligidadir. Mavjud bo'lmagan narsa yo'qlikdir. Islom ta'limotida esa borliq bu ilohiy voqelikdir. Yani u Olloh yaratgan mavjudlikdir. Bu borada vahdati vujud va vahdati mavjud ta'limotlari bo'lgan. Islom diniga mansub mutafakkirlar borliq haqidagi ta'limotni har taraflama rivojlantirganlar. Masalan, Forobiy fikricha, ilk borliq azaliy Ollohning o'zidir. Beruniy fikricha, borliq shunday umumiylikki, u hamma narsaning asosida yotadi, demak, borliq hamma narsaning asosidir. Yevropada o'tgan olimlar David Yum va Jorj Berkli borliqni sezgilarimiz majmuasi deb talqin etishgan. Hegel esa borliqni mavhumlik, mutlaq ruhning namoyon bo'lishi, deb ta'riflaydi. Ko'pgina naturfalsafiy qarashlarda borliqni hozirgi zamon bilan, yani shu aktual ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 90.34 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 90.34 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga