Falsafaning predmeti va asosiy falsafiy dunyoqarash

Falsafaning predmeti va asosiy falsafiy dunyoqarash

O'quvchilarga / Falsafa
Falsafaning predmeti va asosiy falsafiy dunyoqarash - rasmi

Material tavsifi

Falsafaning predmeti va asosiy mavzulari. Falsafiy dunyoqarash Reja: 1. Falsafa atamasining mohiyati va mazmuni. 2. Falsafaning bahs mavzulari va asosiy muammolari. 3. Falsafiy dunyoqarash va uning tariхiy shakllari. 4. O'zbek falsafasi, O'zbekistonda yangi dunyoqarashning shakllantirish vazifalari. Falsafa atamasining mohiyati va mazmuni. Uning tariхiy va zamonaviy talqinlari. Hozirgi davr falsafasining asosiy vazifalari. Falsafaning bahs mavzulari va ularning хilma-хil talqinlari. Abadiy va o'tkinchi muammolar. Falsafiy mavzularni ilmiy-nazariy o'rganish va tadqiq etish masalalari. Falsafada milliylik va umuminsoniylik. Milliy davlatchilik va milliy falsafa. Jahon falsafasi taraqqiyotida milliy falsafiy maktablarning o'rni. O'zbek falsafasi, uning o'tmishi va zamonaviy rivojlanishi. Islom Karimov - istiqlol falsafasining asoschisi. Falsafani o'rganish jarayonida milliy g'oya va istiqlol mafkurasining nazariy asoslarini egallash zarurati. O'zbekiston taraqqiyotining hozirgi davrida falsafani o'rganishning ahamiyati. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni. Individual va ijtimoiy dunyoqarash. Dunyoqarashning tariхiy shakllari. Falsafiy dunyoqarashning mohiyati, umuminsoniy va milliy хususiyatlarini o'rganishning ahamiyati. 1-ko'rgazma Ko'p asrlik tariximiz shuni ko'rsatadiki, inson dunyoqarashi shakllanishida ma'rifatning, xususan, ijtimoiy fanlarning o'rni bеqiyos. Bu jamiyatshunoslik bo'ladimi, tarix, falsafa, siyosatshunoslik bo'ladimi - ularning barchasi odamning intеllеktual kamolotga erishuvida katta ta'sir kuchiga ega. I.A. Karimov 2-ko'rgazma 3- ko'rgazma 4- ko'rgazma 5- ko'rgazma Tayanch tushunchalar Falsafa, faylasuf, falsafiy muammolar, falsafaning milliyligi va umuminsoniyligi, o'zbеk falsafasi, dunyoqarash, mifologik va diniy dunyoqarash, dunyoqarashning vazifalari. Takrorlash uchun savollar Falsafa tushunchasining mohiyatini siz qanday tushunasiz? Falsafaning bahs mavzusi nima? Falsafa milliy bo'lishi mumkinmi? Falsafaning umuminsoniyligi dеganda nimani tushunasiz? Dunyoqarash nima? Falsafiy dunyoqarashning g'oyaviy ildizlari nimalarda namoyon bo'ladi? Dinning dunyoqarash tizimidagi o'rni va ahamiyati qanday? Falsafiy dunyoqarashning vazifalari nimalardan iborat? ...

Falsafiy dunyoqarash, xususiyatlari va tamoyillari Reja: 1. «Dunyoqarash» tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. 2. Falsafiy dunyoqarashning mazmuni va yo'nalishlari. 3. Falsafiy dunyoqarashning rivojlanish qonuniyatlari va asosiy tamoyillari. 4. O'zbekistonda yangi dunyoqarashni shakllantirish vazifalari. Dunyoqarash tushunchasi. Har bir kishining dunyoga nisbatan o'z qarashi, o'zi va o'zgalar, hayot va olam to'g'risidagi tasavvurlari, xulosalari bo'ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu manoda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to'g'risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o'zining undagi o'rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual dunyoqarashlar yig'indisidan dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda ijtimoiy dunyoqarashning umumiy va xususiy shakllarini hisobga olish lozim. Kundalik hayotiy tajribalar asosida jamiyatda, odamlarda oddiy, o'z-o'zicha rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega bo'lgan qarashlar, tushunchalar, g'oyalar shakllanadi. Bu - dunyoqarashning o'z-o'zicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli hisoblanadi. Uni ko'pincha hayotiy falsafa, deb ham ataydilar. Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bo'lib, ongning sodda namoyon bo'lish shakllarini ham, oqilona va sog'lom fikrlarni ham o'z ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy dunyoqarashning o'ziga xos turini inson faoliyatining turli sohalaridagi bilim va tajribalar ta'sirida shakllanayotgan qarashlar tashkil etadi. «Har kimning o'z falsafasi bor» deyilganida ana shu hol anglashiladi. Demak, dunyoqarash o'zining kundalik ommaviy shakllarida chuqur va etarli darajada asoslanmagan stixiyali xarakterga ega. Shuning uchun ham ko'p hollarda kundalik tafakkur muhim masalalarni to'g'ri tushuntirish va baholashga ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy tahlil qilish va bilish zarur. Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili. Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. Shu manoda, har qanday dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega bo'lib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga ta'siri va mehnati jarayonida vujudga keladi. Har bir davrda ijtimoiy guruh, jamiyat va avlodning o'z dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohiyatga ega ekanini ko'rsatadi. Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u malum dialektik jarayonda takomillashib boradi. Uning shakllari o'zgaradi, tarixiy ko'rinishlari muttasil yangilanib turadi. Malumki, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyoqarash nihoyatda oddiy bo'lgan. Agar shunday bo'lmaganida, har qanday jism o'z hajmiga teng suyuqlik miqdorini siqib chiqarish xossasiga ega ekanini kashf etgan qadimgi zamonning buyuk olimi Arximed hammomdan yalong'och holda chiqib, «Evrika!», yani «Topdim!», deya qichqirmagan bo'lar edi. Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin takomillashib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qilingan kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, uning bilimlar doirasi kengayib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 44.37 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 44.37 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga