G'oya va mafkura

G'oya va mafkura

O'quvchilarga / Falsafa
G'oya va mafkura - rasmi

Material tavsifi

¢oya va mafkura Reja: 1. ¢oya, uning mohiyati va namoyon bo'lish shakllari. 2. Mafkura, uning mazmuni, inson va jamiyat hayotidagi o'rni. 3. hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi. 4. ¤zbekistonning mustaqilligi va mafkuraviy jarayonlar. ¢oya, uning namoyon bo'lish shakllari. «¢oya», «¢oyaviy tarbiya», «Mafkura» kabi tushunchalar tez-tez ishlatilmokda. Ularning mazmuni nimadan iborat? Kundalik hayotimizda kuzatilayotgan va ushbu tushunchalarda o'z ifodasini topayotgan jarayonlarning mohiyati, o'ziga xosligi nimada? Masalaga, falsafiy yondashadigan bulsak, bu savollarga javob berish uchun, avvalo, «Koya» o'zi nima ekanligini tushunib olish kerak bo'ladi. Agar etibor bersak, xar birimiz hayotimizda quyidagi holatga ko'p marta duch kelganmiz. Yani muayyan muammo, xal qilinishi zarur bo'lgan masala yuzaga kelganda, fikran uni xal etish, yechish yo'lini kidiramiz. Ana shu jarayonda paydo bo'lgan xulosa - fikrni «Menda bir Koya paydo buldi», degan shaklda bayon etamiz. hayotiy tajribamizda ko'p marta kuzatilgan ana shunday holatdan kelib chikadigan bulsak, Koya bu yaxlit fikrdir, deyish mumkin. Ammo, ana shu tajriba, xar qanday fikr xam Koya bulolmasligi haqidagi xulosani xam chiqarish imkonini beradi. Xar kuni kimlar bilandir muayyan vokea, hodisa va jarayonlar haqida o'z mulohazalarimizni urtoklashamiz. Bunda aksariyat xollarda uzimizga malum narsalar haqida fikrlashamiz, xolos. Ana shunday holatlardan farqli ularok Koyada yangilik mujassamlashgan bo'ladi. Demak, Koya uzida yangilikni tashuvchi fikrdir. Bu Koyaga xos bo'lgan xususiyatlarning bir kismi, xolos. ¢oya ilmiy fakt, muammo, faraz, nazariya kabi vokelikni aks ettirish, ilmiy bilishning o'ziga xos shakllaridan biri ekanligini xam unutmaslik lozim. Ana shu holatga nisbatan oladigan bulsak, Koyaning nafaqat vokelikni o'rganish natijasida bo'lgan muayyan bilim sifatida uzligini nomoyon qilishiga, balki unda shu vokelik bundan keyin kay yo'nalishda o'rganilishi zarurligi haqidagi ko'rsatma botiniy tarzda mavjudligiga xam ishonch hosil qilish mumkin. Shu nuqtai nazardan karaganda, Koya ulkan yunaltiruvchilik rolini utaydi. Masalan, gadimgi yunonistonlik faylasuflarning atomlar haqidagi Koyasi asrlar davomida ilmiy izlanishlarni uni topishga, xususiyatlarini tadqiq etishga, dunyoning tuzilishidagi urnini aniklashga yunaltirib keldi. Ana shu izlanishlarning natijasi ularok utgan asrda atom kashf kilindi. Bu kashfiyot insoniyatning olam tuzilishi tuKrisidagi tasavvurlarining butunlay o'zgarishiga olib keldi. Ammo insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bulsak, ilmiylikka da'vogarlik kilgan bulsa-da, o'z mohiyatiga ko'ra Kayrilmiy bo'lgan va ilm-fan taraqqiyotida o'ta salbiy iz koldirgan Koyalar xam ko'p bo'lganligini ko'rish mumkin. Masalan, o'z davrida sobiq ittifoqda kibernetika va genetikani «yolKon fan»ligini asoslashga qaratilgan Koyalar ustuvor bo'lganligi bu fanlar rivojini bir necha un yillarga orkaga surib yubordi. Tabiiy-ilmiy Koyalar haqida fikr yuritar ekanmiz, yana bir holatga diqqatni karatish lozim bo'ladi. Ular taraqqiyot omiliga aylanishi uchun malum bir shart-sharoit bo'lishi kerak. Yani, birinchidan, jamiyatning umumiy bilim darajasi yuzaga kelgan yangi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.07 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.07 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga