Hozirgi zamon Jahon falsafasi

Hozirgi zamon Jahon falsafasi

O'quvchilarga / Falsafa
Hozirgi zamon Jahon falsafasi - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi zamon jahon falsafasi Reja: 1. Hozirgi zamon falsafasi: vorislik va yangilanish 2. XX asr falsafasining oqim va yo'nalishlari 3. XX asr falsafasida inson va jamiyat muammolari 4. Hozirgi zamon falsafasini o'rganishning ahamiyati Hozirgi zamon falsafasidagi vorislik va yangilanish, uning XIX asrdagi ildizlari. Zamonaviy xorijiy Sharq mamlakatlarida falsafiy fikrlar, oqim va maktablar. I.Karimov - O'zbekistonda istiqlol davri falsafasining asoschisi. Pozitivizm falsafasi. Uning g'arb mamlakatlari hayoti va fuqarolar turmush tarzida namoyon bo'lishi. O.Kont, D.S.Mill, G.Spensirning qarashlari. Neopozitivizm va postpozitivizm g'oyalari. Empiriokrititsizm falsafasi. F.Nitsshening falsafiy qarashlari. Hayot falsafasi - hozirgi zamon demokratik mamlakatlarida inson yashashining tamoyili sifatida. A.Bergson va O.Shpengler falsafiy ta'limoti. Pragmatizm falsafasi. Ch.Pirs, U.Jeyms, J.Dyuening falsafiy qarashlari. Amerikacha yashash modeli g'oyasi va uning amalga oshirilishi. Ekzistentsializm falsafasi. Kerkegor - inson falsafasining asoschisi. Demokratik dunyoda ijtimoiy jarayonlarning markaziga inson muammosining qo'yilishi. Inson qadri va haq-huquqlari muammosi. Fenomenologiya falsafasi va uning nazariy manbalari. G'arb mamlakatlarida jamiyat falsafasi. P.Sorokin va g'arb sotsiologiyasi. Industrial va postindustrial jamiyat nazariyasi. K.Popper va uning Ochiq jamiyat nazariyasi. Ziddiyatlar nazariyasi - konfliktologiya va uning asosiy tamoyillari. A.Zemmel, R.Darendorf, A.Kozer va T.Parsons qarashlari. Z.Bzejinskiy zamonaviy jamiyatshunoslik falsafasi vakili. XX asr falsafasida milliylik va umuminsoniylik. Uni o'rganishning ahamiyati. ko'rgazma 2- ko'rgazma Hozirgi zamon jahon falsafasi Reja: 1. hozirgi zamon falsafasi: vorislik va yangilanish. 2. XX asr falsafasining asosiy oqim va yo'nalishlari. 3. XX asr falsafasida inson va jamiyat muammolari. 4. hozirgi zamon falsafasini o'rganishning ahamiyati. Insoniyat fan -texnika taraqqiyoti sohasida qanday yutuqlarga erishdi? XX asrga kelib insoniyat fan va texnika taraqqiyoti sohasida ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi. Lekin shu bilan birga, aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi, ekologik inqiroz, og'ir yo'qotishlar davri ham bo'ldi. Bu esa falsafiy fikrning taraqqiyotida o'z aksini topdi, uning turli yo'nalish va oqimlari shug'ullangan muammolarning salmog'i, maqsad-muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr falsafasida nihoyatda xilma - xil oqim va yo'nalishlar mavjud. o'z navbatida bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi yarmi va hozirgacha bo'lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini belgilaydi. hozirgi zamon falsafasining eng asosiy tamoyillari umuminsoniylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan uyg'unligi, demokratik erkinliklar, inson qadri, biror ta'limotni mutlaqlashtirmaslikdir. Bag'rikenglik va tolerantlik hozirgi falsafiy ta'limotlar rang-barangligini ta'minlaydi. an'anaviy falsafada, turli g'oyaviy tizimlarga bo'linishiga qaramay, muhim muammolarni hal etishda malum bir umumiylik mavjud edi. hozirgi zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning ko'p xilligi va o'ziga xosligi, turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil yo'nalish sifatida shakllanganligi yaqqol ko'zga tashlanadi. an'anaviy falsafada aql - inson mohiyatining belgilovchisi, deb talqin etilgan bo'lsa, endi ratsionalizmga qarshi insonning mavjudligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 64.7 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 64.7 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga