Ijtimoiy ong Reja: 1. Ijtimoiy ong tushunchasi, uning mazmuni, tarkibiy qismlari. 2. Ijtimoiy va individual ong, ularning namoyon bo'lish xususiyatlari. 3. Axborot dunyosining globallashuvi va inson ongi imkoniyatlarining kengayishi. 4. Ijtimoiy ongning mohiyati va namoyon bo'lish xususiyatlarini o'rganishning ahamiyati. Har bir kishiga xos individual ong bo'lishi isbot talab qilmaydiga hol. Shu bilan birga xilma-xil kishilar, turli-tuman sohalar, guruh, partiya, millat kabi ijtimoiy birliklardan iborat jamiyat uchun ham umumiy anglash mezonlari va me'yorlari bormi? Jamiyat yagona jism emas-ku, unda yaxlit anglash usuli va umumiy ong bo'lishi to'g'risida gapirish qanday bo'larkin? degan savollar ham uchraydi. Bu savollarning tarixi uzoq. Odamzod bir-biri bilan aloqalarini tartibga solib turadigan ma'naviy, axloqiy mezonlar, umumiy qarash va intilishlar, manfaat va maqsadlar ham borligini anglaganidayoq, ijtimoiy ong mavjudligiga ishongan. Jamiyat murakkab va serqirra hodisa. Uning xilma-xil sohalarida sodir bo'layotgan o'zgarishlar kishilar ongida o'z aksini topmasligi mumkin emas. Ana shu jarayonni ifodalash uchun, odatda, ijtimoiy va individual ong tushunchalarini ishlatamiz. Xo'sh bu tushunchalarning farqi nimada, ular qanday qonuniyatlar asosida rivojlanadi? Ijtimoiy ong tabiiy va ijtimoiy voqelikning inikosi, jamiyatning muayyan davriga yoki qismiga tegishli bo'lgan umumiy his-tuyg'ular, kayfiyatlar, qarashlar, g'oyalar, nazariyalar majmuidir. Ijtimoiy ong tufayli jamiyatning o'z-o'zini anglashi sodir bo'ladi, kechayotgan jarayonlarga munosabati shakllanadi. Ijtimoiy o'zgarishlar bilan bir qatorda ijtimoiy ong ham o'zgarib rivojlanib boraveradi. Ammo bundan, aslo, ijtimoiy ongning taraqqiyoti faqat ijtimoiy voqelikdagi o'zgarishlargagina bog'liq ekan-da, degan xulosa kelib chiqmaydi. Zero, ijtimoiy ong o'z taraqqiyotida nisbiy mustaqillik xarakteriga va ijtimoiy voqelikka faol aks ta'sir eta olish xususiyatiga ham egadir. Ijtimoiy ongning bunday xususiyatlari nimalarda ko'rinadi? Avvalo, ijtimoiy ongga vorislik xos ekanligini takidlash lozim. Bu ijtimoiy ong shakllarining o'z rivojlanish mantiqiga, qonuniyatlariga ega ekanligida yaqqol namoyon bo'ladi. Bundan tashqari, ijtimoiy ong rivojida uning turli shakllarining o'zaro ta'siri ham muhim rol o'ynaydi. Ijtimoiy ong, undagi o'zgarishlar voqelikka hamma vaqt aks ta'sir etib kelgan. Bilimlar ko'lami, tarixiy tajriba har bir davrda ayricha bo'lganidek, bu ta'sirning kuchi ham turlicha bo'lgan. Ijtimoiy ongning mohiyati uni individual ong bilan solishtirganda yanada yaqqol namoyon bo'ladi. Individual ong muayyan, guruh, elat, millatga mansub bo'lgan ayrim kishining ongi bo'lib, jamiyatdagi voqelik va real borliqning alohida olingan shaxsning ongida aks etishdir. Ijtimoiy va individual ongning mohiyatini chuqurroq anglash uchun ular o'rtasidagi o'xshash va farqli tomonlarni tushunib olish maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy va individual ong o'rtasidagi o'xshashlik bir tomondan, har ikkalasining ham ijtimoiy voqelikni aks ettirishida ko'rinadi. Boshqa tomondan, ijtimoiy ong voqelikni individ ongi orqali aks ettiradi. Chunki, ijtimoiy voqelikda yuz beradigan o'zgarishlar avvalo, alohida kishilar ongida o'z aksini topadi va ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 10:42:34
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.02 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 10:42 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.02 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: docx