Inson resurslari tog'risida tushuncha

Inson resurslari tog'risida tushuncha

O'quvchilarga / Falsafa
Inson resurslari tog'risida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Inson resurslari to'g'risida tushuncha Jamiyatning rivojlanish darajasi ko'p xollarda mamlakatda mavjud aholining soni va tarkibi bilan aniklanadi. Mamlakat aholisining faol kismi mehnat qilishga, mahsulot ishlab chiqarishga, xizmat ko'rsatishga o'z kuchini, bilimi va malakasini sarflaydi. aholining faol kismi mehnatga layokatli va mehnatga yarokli aholidan tashkil topadi. mehnatga layokatlilik davri inson yoshining belgilangan darajasigacha bo'lgan davrni, mehnatga yaroklilik esa aqliy va jismoniy qobiliyatining etarlilik darajasini bildiradi. Shunday qilib, aholining faol kismi inson resurslari, deb ataladi. Zarur jismoniy va aqliy qobiliyat yosh bilan bog'liq bo'lib, yoshlik va o'smirlik davrlarida shakllanib, rivojlanib boradi, tegishli mezonga etganda susayadi va yukoladi. Tarixan mehnatga qobiliyatli yosh chegarasi ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan uzgarib kelgan va o'rtacha 30-50 yilni tashkil etgan. hozirgi davrda mehnatga qobiliyatlilikning kuyi chegarasi Respublikamizda 16 yosh. Bu chegara ayrim davlatlarda 14-15 yosh, ayrimlarida 18 yosh. mehnatga qobiliyatlilikning yuqori chegarasi esa kupchilik davlatlarda ikki jins bo'yicha erkaklar uchun 65 yosh (AkSh, Shvetsiya), ayollar uchun 60 yosh (Germaniya, Angliya, Fransiya) qilib belgilangan. O'zbekistonda bu chegara erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun 55 yosh hisoblanadi. mehnatga qobiliyatli yosh chegarasi o'rtacha yashash yiliga xam bog'liq. Moddiy nematlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish ikkita zaruriy tarkibiy kismdan: bir tomondan, moddiy resurslar (xom ashyo, asbob-uskunalar va x.k.)dan va ikkinchi tomondan, inson resurslaridan, yani kasb malakalari va bilimlariga ega bo'lgan xodimlardan iborat. boshqacharok qilib aytganda, mamlakat aholisining bir kismi bo'lgan inson resurslari moddiy resurslar bilan bir katorda iqtisodiy rivojlanish omili sifatida xam namoyon bo'ladi. Birok, bu omillar o'z xususiyatlariga karab, bir-biridan muhim belgilari bilan farqlanadi. «Ishchi kuchi» tushunchasi XX asrdan hozirgi kungacha amal qilib kelmokda. U uzida insonning qobiliyati va sifat jihatlarini mujassamlashtirgan. mehnat jarayonida ishlab chikaruvchi sifatida foydalanish mumkin bo'lgan jarayon ishlab chiqarish jarayonini anglatadi. «mehnat resurslari» tushunchasi XX asrning 20-yillaridan boshlab hozirgi davrgacha amal qilib kelmokda. Bu iqtisodiy kategoriya bo'yicha inson tashqi boshqaruvning passiv obyekti hisoblanib, reja-hisob birligi sifatida aks etadi. Vujudga kelish omili iqtisodiyotni boshqarishning markazlashgan rejalashtirish sharoitida ishchi kuchining takror ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini o'lchash zaruriyatidan kelib chikkan. «mehnat salohiyati» tushunchasi XX asrning 70-80 yillaridan hozirgi kunga qadar amal qilib kelmokda. U insonning mehnat sohasidagi ehtiyojlari va kizikishlari subyekti sifatida yuzaga keladi. Yuzaga kelish omili sifatida esa, shaxsiy omil imkoniyatlarini faollashtirish va ulardan samarali foydalanish zaruriyatidan kelib chikadi. «Inson omili» tushunchasi XX asrning 80-yillari oxiri va 90-yillaridan amal kilmokda. Darvoke, inson ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy harakatga keltiruvchi kuchi hisoblanadi. «Inson kapitali» tushunchasi utgan asrning 90-yillari boshidan hozirgacha kullanilmokda. Inson kapitali - investitsiyalar natijasida shakllangan bilimlar, ko'nikmalar, malakalar va sabablar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.07 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.07 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga