Jamiyat falsafasi Jamiyat - obyektiv ijtimoiy qonunlar asosida rivojlanadigan ochiq moddiy sistema, kishilar faoliyatining shakli, ularni ijtimoiy uyushtirishning usuli. Barcha ijtimoiy jarayonlarning yig'indisi bo'lgan ijtimoiy hayot turli ijtimoiy fanlarning o'rganish obyekti hisoblanadi. Falsafiy fanlar tizimida jamiyat ijtimoiy falsafa tomonidan urganiladi. Ijtimoiy falsafa yaxlit bir sistema bo'lgan jamiyatni, uning umumiy bo'lgan qonunlarini, taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlarini, tabiiy muhit va atrof olam bilan bo'lgan aloqa va bog'lanishlarini antronotsizm (insonni falsafaning asosiy obyekti sifatida o'rganuvchi qarash) tamoyili asosida tadqiq qiladi. Ijtimoiy mavjudot bo'lgan insonni va uning yashashi uchun zarur bo'lgan sharoitlarni ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarish borasidagi kishilarning birgalikdagi faoliyatlari jamiyatning asosini tashkil etadi. Ijtimoiy hayot - moddiy olam harakatining oliy shakli hisoblanadi. Jamiyat tabiatning revolyutsiyasi natijasida vujudga kelib, dastlabki davrdanok o'ziga xos tuzilmaga ega bo'lgan sistema sifatida shakllandi. Yaxlit sistema bo'lgan jamiyat tarkibiga : moddiy va ma'naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlarning turli shakllari, bazis va ustkurma, jamiyatni ijtimoiy tuzilishi, siyosiy institutlar va boshqalar kiradi. Jamiyat informatsiya o'tkazish mexanizmi va vorislik usulining o'ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Jamiyatning materiya harakatining boshqa shakllaridan asosiy farqi shundaki, uning tarkibi moddiy va ma'naviy jarayonlardan, ongdan iboratki, ularning o'zaro ta'siri ijtimoiy hayotning mazmuni va darajasini belgilab beradi. Jamiyat hayotining asosiy sohalari - moddiy ishlab chiqarish, ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy hisoblanadi. Ijtimoiy hayotning bu sohalarining o'zaro ta'sirida belgilovchi rolni moddiy ishlab chiqarish, iqtisodiy soha uynaydi, yani turli predmetlarni ishlab chiqarish, taksimlash, ayirboshlash va istemol qilish sohasidir. Moddiy ishlab chiqarish insonlarning hayot faoliyatlari uchun boshlang'ich sharoit yaratib beradi. U xar doim ijtimoiy xarakterga ega va tabiatga, tabiat materialining inson ehtiyojlarini kondiruvchi predmetga aylantirish jarayonidagi kishilarning o'zaro ta'sirini belgilab beradi. Birok, ijtimoiy aloqalarni amalga oshirishda, ularning o'ziga xos tomonlarini aniklashda ma'naviy soha katta rol uynaydi. Kishilar o'z faoliyatini ongli yoki ongsiz ravishda amalga oshirayotganiga karab faoliyat natijalari turlicha bo'ladi. Ijtimoiy hayot moddiy va ma'naviy sohalarning uzluksiz birligini o'zaro ta'siri va birini ikkinchisiga utishidan iborat. Jamiyat uzluksiz rivojlanayotgan sistemadir. o'z evolyutsiyasida u ketma - ket malum qonuniy bosqichlarni kechirgan va ular ijtimoiy fanda tsivilizatsion mezonlar orqali ifodalangan. sivilizatsiya jarayonining xar bir yangi bosqichi yana xam yuksakrok texnologiyalarni uzlashtirish, ularni texnik jihatdan ta'minlash, jamiyatni ijtimoiy tuzilishining murakkablashuvi, atrof muhit bilan o'zaro ta'sir QO'lamlarining kengayib borishi, jamoa ijtimoiy faoliyatining malum shakllari bilan xarakterlangan. Lekin jamiyat taraqqiyotining asosiy ko'rsatkichi bo'lib, ijtimoiy munosabatlarning xarakteri, inson omilining ma'naviy va ijtimoiy tuzilmalarning demokratiyalashuvi darajasi hisoblangan. hozirgi zamon jamiyatining asosiy xususiyati - moddiy va ma'naviy ishlab chiqarish QO'lamining nixoyat darajada kengayishi, ijtimoiy munosabatlar tizimini qayta ishlab chiqishning informatsion - ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 10:42:34
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
72.05 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 10:42 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
72.05 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx