Madaniyat falsafasi

Madaniyat falsafasi

O'quvchilarga / Falsafa
Madaniyat falsafasi - rasmi

Material tavsifi

Madaniyat falsafasi. Reja: 1. «Madaniyat» va «sivilizatsiya» tushunchalarining mohiyati va mazmuni. 2. Sivilizatsiyaning tarixiy shakllari va hozirgi zamondagi xususiyatlari. 3. Jahon sivilizatsiyasida O'zbekistonning tutgan o'rni va istiqbollari. 4. Madaniyat va sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari, qonuniyat va xususiyatlarini bilish - ma'naviy kamolot manbai. Madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari. Ularning mazmuni, mohiyati, umumiy aloqadorligi va o'ziga xos jihatlari. Insoniyat tarixini sivilizatsiyalar tarixi tarzida tushunish muammolari. Sivilizatsiyalarning tarixiy shakllari. Turli falsafiy konsepsiyalarda hozirgi zamon sivilizatsiyasi, uning ziddiyatlari va taraqqiyoti muammolari. Jahon sivilizatsiyasi va unda O'zbekistonning o'rni. Falsafa va madaniyatshunoslik muammolari. Madaniyatda rang-baranglik, milliylik va umuminsoniylik. Milliy madaniyatlarning umuminsoniy sivilizatsiyadagi o'rni. Vatanimiz madaniyatida umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi. O'zbekistonda yashaydigan millatlarning madaniy taraqqiyoti, qadriyatlari va urf-odatlarining asrab-avaylanishi. Respublikamiz madaniyati taraqqiyotining XXI asr sivilizatsiyasidagi istiqbollari. Madaniyat va sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari, qonuniyat va xususiyatlarini o'rganish - ma'naviy kamolot manbai. Yosh avlodni yuksak madaniyatli va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash vazifalari. 1-ko'rgazma Milliy madaniyat rivojida quyidagilar asosiy o'rin tutadi: millatning vatani; millatning tili; millatga mansub kishilarning ma'naviyati, axloqi va nafosati; urf-odatlar, an'analar; qadriyatlar. 2-ko'rgazma Milliy mustaqillik yillarida madaniyatimizning rivojlanish istiqbollari: boy madaniy merosimizni har tomonlama chuqur o'rganish imkoniyatlarining yaratilganligida; Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ishlab chiqilganligi va sobitqadamlik bilan amalga oshirilayotganida; milliy madaniyatlarning ravnaq topishi va bir-birini boyitishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganida; jahon madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan ulug' ajdodlarimiz merosini keng targ'ib etishda; mamlakatimizda ilm- fan va texnika salohiyatini rivojlantirishga alohida e'tibor berilayotganida; inson intellektual salohiyatining ortib borayotganida, yurtimiz obodonchiligi yo'lida ko'plab tadbirlarning amalga oshirilayotganida. Tayanch tushunchalar Madaniyat, ma'rifat, axloq, iymon, ishonch, g'oya, mafkura, e'tiqod, madaniyat, sivilizatsiya, moddiy madaniyat, ma'naviy madaniyat, sivilizatsiyaviy yondashuv, milliy madaniyat, Sharq sivilizatsiyasi, g'arb sivilizatsiyasi, hududiy sivilizatsiya. Takrorlash uchun savollar. Madaniyat va sivilizatsiyaning o'zaro bog'liqligini izohlang. Sivilizatsiyaning tarixiy shakllari to'g'risida nimalar bilasiz? O'zbekistonning jahon sivilizatsiyasida tutgan o'rni qanday? Madaniyat va sivilizatsiya mohiyatini bilish barkamol inson shaxsini shakllantirish manbai ekanligini qanday tushunasiz? Madaniyat falsafasi. ¤zbekistonning sivilizatsiyalashgan taraqqiyoti Reja: 1. «Madaniyat» va «sivilizatsiya» tushunchalarining mohiyati va mazmuni. 2. sivilizatsiyaning tarixiy shakllari va hozirgi zamondagi xususiyatlari. 3. jahon sivilizatsiyasida ¤zbekistonning tutgan o'rni va istiqbollari. 4. Madaniyat va sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari, qonuniyat va xususiyatlarini bilish - ma'naviy kamolot manbai. Insoniyatni urab turgan muhitning tarkibiy kismi bo'lgan odamzodning yaratuvchilik qobiliyatini kuz-kuz kiladigan eng buyuk nematlar orasida madaniyat asosiy urinlardan birini egallaydi. Unda odamzodning iktidori, salohiyati va qobiliyati uzligini namoyon qiladi. Goxida olimlar, mutaxassislar o'rtasida «Odamzod madaniyatni yaratishga kancha ko'p etibor karatgan bulsa, madaniyat xam odamzodni shuncha ko'p tarbiyalagan», degan fikrlarni xam eshitish mumkin. Keyingi yillarda madaniyat tushunchasi bilan birga, «sivilizatsiya» atamasi xam tez-tez ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 70.87 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 70.87 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga