Olam va odam. Falsafiy talqin

Olam va odam. Falsafiy talqin

O'quvchilarga / Falsafa
Olam va odam. Falsafiy talqin - rasmi

Material tavsifi

Olam va odam: falsafiy talqin Reja: 1. Olamning mohiyati va unda odamning o'rni. 2. Olamning xilma-xilligi va murakkabligi. 3. Olamning diniy, ilmiy va falsafiy manzarasi. 4. Olamning namoyon bo'lish shakllari. Olam va odamning mavjudligi va yashashi bilan bog'liq muammolarning tarixiy ildizlari. Bu muammo - falsafaning asosiy masalasimi? Mazkur masalani inson, fan va din uchun abadiyligining sababi nimada? Olam to'g'risidagi monistik, dualistik va plyuralistik qarashlar hamda ularning bugungi kundagi ahamiyati. Olam tushunchasi. Uning ilohiy yaratilganligi yohud tabiiy yaralganligi muammosi. Bu masalada fan va din munosabatlari, dunyoviy va diniy qarashlar. Olamning diniy, ilmiy va falsafiy manzarasi. Olamning mavjudligi va reallik holati to'g'risida moddiylik va ideallik tamoyilini asos qilib oluvchi ta'limotlar va ularning asosiy g'oyalari. Olamning namoyon bo'lish shakllari: moddiy, ma'naviy, tabiiy, ijtimoiy, individual va boshqalar. Odam va olam, ularning dunyoviy, diniy va falsafiy talqinlarini o'rganishning yosh avlod ma'naviy kamolotidagi ahamiyati. 1-ko'rgazma Tayanch tushunchalar Olam, odam, dualizm, plyuralizm, substantsiya, substrakt, individual ong, ijtimoiy olam, real olam, virtual olam, borliq, yo'qlik, mavjudlik, reallik, materiya, harakat, rivojlanish, fazo, vaqt. Takrorlash uchun savollar Olam tushunchasining mohiyati va mazmunini aytib bering. Olamning murakkab tuzilishi deganda nimani tushunasiz? Real, konkret va virtual olamning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering. Olamda odamning o'rni qanday? Odam va olam munosabatlari deganda nimalar nazarda tutiladi? Olam va odam. Falsafiy talqin Reja: 1. Olamning mohiyati va unda odamning o'rni. 2. Olamning xilma-xilligi va murakkabligi. 3. Olam va odam munosabatlarini o'rganishning ahamiyati. Olam va odam muammolarining tarixiy ildizlari. Bu mavzuga oid masalalar olamda odamning mavjudligi va yashashi, hayoti va faoliyati bilan bog'liq holda shakllangan. Olam to'g'risidagi qarashlar odamzodning tarixi qanchalik qadimiy bo'lsa, shunchalik qadimiydir. Siz bilan biz yashayotgan shu dunyo o'zining barcha murakkabligi va muammolari, jozibadorligi va butun go'zalligi bilan yagona olamni tashkil etadi. Olam tushunchasi, eng avvalo, odam va uning faoliyati kechadigan makonni aks ettiradi. Agar odam bo'lmaganida edi, bu olam haqidagi tasavvurlar ham bo'lmas edi. Demak, olam odam bilan mazmundordir. Olam uni tashkil etuvchi narsalar bilan birgalikda namoyon bo'ladi. Hech narsasi yo'q olam yo'qlikdir. U mavhum tushuncha, yani abstraksiyadir. Qadimgi davrlardan buyon odam o'zini anglagach, olamning tarkibiy qismi ekanligini tushuna boshladi. Dastlab, uning hayotini taminlovchi tirikchilik vositalarining ahamiyatini tushunib etdi va ularni e'zozlash, avaylab-asrash tuyg'usi shakllana boshladi. Shu tufayli, olam asosida yotuvchi to'rt elementni: havoni, suvni, tuproqni va olovni muqaddaslashtirish singari g'oyalar vujudga keldi hamda olam to'g'risidagi sodda kosmologik qarashlar paydo bo'lgan. Ayrim kishilar odamning tirikchiligini taminlovchi narsalarni odam uchun, uning yashashi uchun xudo tomonidan yaratilgan nematlar deb bildi. Bunday qarashdan olam odam ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 89.77 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: zip, docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 89.77 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, docx
Tepaga