Olam va odam: falsafiy talqin Reja: 1. Olamning mohiyati va unda odamning o'rni. 2. Olamning xilma-xilligi va murakkabligi. 3. Olamning diniy, ilmiy va falsafiy manzarasi. 4. Olamning namoyon bo'lish shakllari. Olam va odamning mavjudligi va yashashi bilan bog'liq muammolarning tarixiy ildizlari. Bu muammo - falsafaning asosiy masalasimi? Mazkur masalani inson, fan va din uchun abadiyligining sababi nimada? Olam to'g'risidagi monistik, dualistik va plyuralistik qarashlar hamda ularning bugungi kundagi ahamiyati. Olam tushunchasi. Uning ilohiy yaratilganligi yohud tabiiy yaralganligi muammosi. Bu masalada fan va din munosabatlari, dunyoviy va diniy qarashlar. Olamning diniy, ilmiy va falsafiy manzarasi. Olamning mavjudligi va reallik holati to'g'risida moddiylik va ideallik tamoyilini asos qilib oluvchi ta'limotlar va ularning asosiy g'oyalari. Olamning namoyon bo'lish shakllari: moddiy, ma'naviy, tabiiy, ijtimoiy, individual va boshqalar. Odam va olam, ularning dunyoviy, diniy va falsafiy talqinlarini o'rganishning yosh avlod ma'naviy kamolotidagi ahamiyati. 1-ko'rgazma Tayanch tushunchalar Olam, odam, dualizm, plyuralizm, substantsiya, substrakt, individual ong, ijtimoiy olam, real olam, virtual olam, borliq, yo'qlik, mavjudlik, reallik, materiya, harakat, rivojlanish, fazo, vaqt. Takrorlash uchun savollar Olam tushunchasining mohiyati va mazmunini aytib bering. Olamning murakkab tuzilishi deganda nimani tushunasiz? Real, konkret va virtual olamning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering. Olamda odamning o'rni qanday? Odam va olam munosabatlari deganda nimalar nazarda tutiladi? Ong va ruhiyat Reja: 1. Ong va ruhiyatning ijtimoiy-tarixiy mohiyati. 2. o'z-o'zini anglash, uning shakllari. 3. Ong va axborot. Informatsion portlash. 4. Hozirgi davrda ong va dunyoqarashda tub o'zgarishlarni amalga oshirish zaruriyati. Ong nima? inson azal-azaldan o'zigagina xos bo'lgan ongning nima ekanligi to'g'risida o'ylab, bahslashib keladi. Bu bahslarning bir jihati, ong tabiat mahsulimi yoki inson ongi ilohiy yaratilganmi? degan masaladan iborat. Ikkinchi jihati esa, inson dunyoni doimo bir xil anglaganmi? Yani asrlar davomida inson ongi takomillashib kelganmi yoki hamon o'sha-o'shami? degan muammo bilan bog'liq. «o'zingni bilsang, olamni bilasan», - degan edi Suqrot. Aforizmga aylanib ketgan bu fikr ortida olam kabi inson ham siru sinoatlarga boy, u o'zini bilish orqali olam mohiyatini anglashga yo'l ochishi mumkin, degan g'oya yotibdi. Shu manoda, inson o'zini tashqi olamdan ajratib, alohida bir mo'jiza va tadqiqot mavzui sifatida o'rganishga harakat qila boshlagan paytdan buyon uni o'ylantirib kelayotgan muammolardan biri ongning mohiyati, uning kelib chiqishi masalasidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ongning tabiatini anglash masalasi - eng qadimiy falsafiy masalalardan biri, deyish mumkin. Garchand ong va uning turli xususiyatlari insonga xos hodisa sifatida psixologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi fanlarning tadqiqot mavzui doirasiga kirgan bo'lsa-da, ongning mohiyati, uning turli ko'rinishlari o'rtasidagi munosabat kabi masalalarni o'rganish bilan aynan falsafa ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 10:42:34
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
80.17 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 10:42 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
80.17 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx