O'zbekiston hududidagi eng qadimgi falsafiy qarashlar

O'zbekiston hududidagi eng qadimgi falsafiy qarashlar

O'quvchilarga / Falsafa
O'zbekiston hududidagi eng qadimgi falsafiy qarashlar - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston hududidagi eng qadimgi falsafiy qarashlar Reja: 1. O'zbekiston hududidagi eng qadimgi madaniyat va falsafiy qarashlar. 2. zardushtiylik va «Avesto»da aks etgan falsafiy g'oyalar. 3. Kushon imperiyasi davri va buddaviylik. 4. Moniy va Mazdak ta'limoti. 5. O'zbekistondagi qadimgi falsafiy qarashlarni o'rganishning ahamiyati. Tarixni bilish, undan to'g'ri va xolis xulosalar chiqara olish inson ma'naviy kamoloti uchun nihoyatda muhim. Tarix - buyuk muallim, o'tmishdan saboq beradigan tarbiyachidir. Gap eng qadimgi davr falsafasi haqida borar ekan, bu haqiqat yanada katta ahamiyat kasb etadi. Ayrimlar «Bizga ming yillar qa'rida yotgan madaniyat va falsafadan nima foyda, yaxshisi, bugunning gapidan gapiring?, «O'tmish qa'ridan tashbeh izlagandan ko'ra, bugungi muammolar ustida bosh qotirgan ma'qul emasmi?» degan xayollarga borishi mumkin. Bir qarashda ularning gapida ham jon borga o'xshaydi. Ammo bir narsa aniq: o'tmishni bilmasdan turib, kelajakni to'g'ri tasavvur etish mumkin emas. Zero, o'tmishsiz kelajak yo'q. Shu ma'noda, biz falsafa tarixini azbaroyi o'tmishga qiziqqanimiz uchun o'rganmayapmiz. Biz uni turli zamonlarda ro'y bergan xilma-xil voqea va hodisalarning falsafiy fikr va ongida qanday aks etgani, ularni qanday g'oyalarning tug'ilishiga sabab bo'lgani, qaysi ta'limotlar insoniyat taraqqiyotiga qanday ta'sir ko'rsatgani, qaysi mafkura odamzodni ko'proq rivojlanish yoki tanazzul tomon etaklagani kabi haqiqatlarni bilib olish uchun o'rganamiz. Tarixni o'rganmoq va undan saboq olmoq har bir inson uchun zarurdir. Bu - falsafa bilan shug'ullanayotgan mutaxassis uchun ham, uni o'rganayotgan talaba uchun ham birdek muhim ahamiyatga ega. Tarixni falsafasiz to'g'ri tushunib bo'lmagani kabi, falsafani ham tarix haqiqatisiz to'g'ri anglab bo'lmaydi. Shularni nazarda tutib, quyida biz mamlakatimiz tarixida muayyan iz qoldirgan ayrim falsafiy qarashlar va ta'limotlar haqida qisqcha to'xtalib o'tamiz. zardushtiylik ta'limoti. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo'lgan davr mahsuli bo'lgan diniy-falsafiy ta'limotlardan biri zardushtiylikdir. Bu ta'limotga Zardo'sht asos solgan bo'lib, Sharq va G'arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhurdir. Manbalarga ko'ra, Zardo'sht eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy shaxs ekanli haqida aniq bir to'xtamga kelingani yo'q. U o'zini payg'ambar deb e'lon qilgan. Lekin uning payg'ambarligi ilohiy asosga ega emas. Ya'ni bu haqiqat ilohiy kitoblarda o'z tasdig'ini topmagan. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, bu ta'limot Vatanimiz hududida, xususan, Xorazm zaminida paydo bo'lgan. U o'z davrida xalqni ezgulik va adolat g'oyalariga da'vat etish, hayotbahsh an'analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan, uning g'oyalari bilan bog'liq qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va xalqimiz turmush tarzining o'ziga xos xususiyatlarini belgilashda ulkan qimmat kasb etmoqda. zardushtiylikning bosh kitobi «Avesto»dir. unda qadimgi xalqlarning dunyo to'g'risidagi tasavvurlari, o'ziga xos qadriyat va urf-odatlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc, docx
Fayl hajmi 62.01 KB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: doc, docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc, docx
Fayl hajmi 62.01 KB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc, docx
Tepaga