Qadimgi Хindiston falsafasi. Qadimgi Хindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir.Unga xos dastlabki ta'limotlar yozma manba - «Veda»larda o'z aksini topgan. «Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo'lib, mutaassib dindor xindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Хindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so'zlar deb biladi. «Veda»da xindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar bizgacha to'rtta to'plam (samxitlar) shaklida yetib kelgan. Bo'lar - «Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Adharvaveda»dir. Хind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bo'lgan manbalarda ham o'z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan ma'noni anglatib, «Veda»larning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo'lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan noma'lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha falsafiy qarashlar maxsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o'rab to'rgan borliq, uning hayotdagi o'rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruxiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me'yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan. Qadimgi xind falsafiy maktablar ikki guruhga bo'linadi. Хindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sankxya, yoga, vaysheshika, n'yaya va mimansa - astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari «Veda»ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm - nastika guruhiga kiradi. Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta'limotni ilgari so'rganlari uchun «Veda»ning muqaddasligini tan olishmaydi hamda olam iloxiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» xaqiqiy bilim bermaydi, deb ta'kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar bo'lishiga qaramay, ular ham «Veda»ning muqaddasligini tan olmagan. Sankxya qadimgi Хindistondagi dualistik falsafiy maktab bo'lib, olam asosida moddiy unsur (prakriti) modda va rux (purusha) yotadi, deb xisoblaydi. Bu yo'nalishga, asosan, olamdagi barcha narsalar ikki unso'rning turli teng miqdorda (proporsiyada) birikishidan yo'zaga keladi, olam sababiyat orqali rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. Ular quyidagilardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab, aloqador bo'lmagan sabab. Bu falsafiy maktab haqida buyuk bobokalonimiz Abu Rayxon Beruniy «Хindiston» asarida atroflicha fikr yuritgan. ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 10:42:34
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.72 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 10:42 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.72 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx