Qadimgi Sharq va Antik dunyo falsafasi. Reja: 1. Qadimgi Hindiston va Xitoyda falsafiy fikrni vujudga kelishi va shakllanishi. 2. Qadimgi Yunon va Rim falsafasi. 3. Antik dunyo falsafasini jahon madaniyati va fani uchun ahamiyati. Qadimgi Hindistonda falsafiy fikrni vujudga kelishi eramizdan avval 100 yillarga to'g'ri keladi. Hind falsafasi o'sha davrlarda mashhur bo'lgan diniy-mistik yozma manbalarda o'z ifodasini topgan. Bu yozma manbalaridan biri Veda hisoblanadi. Vedalar eramizdan avval 1500 yil oldin yozilgan bo'lib, hindlar uchun muqaddas kitoblar hisoblangan. Vedalar orqali Hindiston yoshlari tarbiyalanar edi. Vedalar hindlarning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. Vedalar to'rt to'plam shaklida ifodalangan. Bular - Rigveda, Samoveda, Yajurveda, Axtarvedadir. Lekin Hind falsafasining asoslarini biz Upanishadlar nomi bilan mashhur bo'lgan manbalarda ko'proq uchratamiz. Unanishadlar sirli ta'limot sifatida Vedalarning falsafiy qismini tashkil etgan. Upanishadlardagi falsafiy mavzular asosan, insonni o'rab to'rgan borliq, uning hayotidagi o'rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruhiyatining mohiyatini bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me'yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik va badiiy to'qima obrazlarda bayon etilgan. Misol tariqasida katta etnik dostonlarni- Ramayana va Mahabhorat asarlarni keltirish mumkin. Qadimgi Hind falsafiy maktablari, asosan, ikki qismga bo'linadi. Vedalarni muqaddasligini etirof etuvchi va himoya qiluvchi maktablar. Ularga - Vedanta, sankxya, yoga, Vaysheshika, Nyaya va Mimansa maktablari kiritiladi. Vedalarni inkor etuvchi yoki qisman qo'llab quvvatlovchi maktablar, ularga - Chorvaka-lokayata, Buddizm va jaynizm falsafiy ta'limotlari tashkil etadi. Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta'limotni ilgari so'rganlari uchun Vedaning muqaddasligini tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan Veda haqiqiy bilim bermaydi, deb takidlashadi. Bu maktabning asoschisi Brixaspati va uning izdoshlari yerdan boshqa tarzda hayotning bo'lishi mumkin emas, degan fikrni olg'a surdilar. Chorvaka nomi bilan ataladigan falsafiy oqim tarafdorlari, dunyoni, tabiat hodisalarini qanday bo'lsa o'shanday tushuntirmoq kerak, degan talabni ilgari so'rgan edilar. Ularning fikriga, butun olam olov, suv, havo, tuproq yig'indisidan iborat, inson ana shu to'rt unsur birikmasidan tashkil topgan. Chorvakalar dunyoni hech kim yaratgan emas, balki uning zamirida moddiy elementlar birikishi yotadi, deb hisoblaydilar. Hamma narsalarni kelib chiqishi va mavjudligini sababini moddiy dunyoni o'zidan izlash kerakligini etirof etadilar. Bunday qarashlar o'z davri dunyoqarashi uchun ilg'or g'oyalar hisoblanadi. Buddizm va jaynizm diniy-falsafiy maktablar bo'lishiga qaramay, ular ham Vedaning muqaddasligi tan olmagan. Sankxya qadimgi Hindistondagi dualistik falsafiy maktab bo'lib, olam asosida modda va ruh yotadi deb hisoblaydi. Bu oqim bo'yicha, asosan, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng miqdorda birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat orqali rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud deydilar. Ular quyidagilardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab, ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 10:42:34
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
181.4 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 10:42 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
181.4 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx