Qadimgi va o'rta asr falsafasi

Qadimgi va o'rta asr falsafasi

O'quvchilarga / Falsafa
Qadimgi va o'rta asr falsafasi - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi va o'rta asr falsafasi Reja: 1. Qadimgi Sharq falsafasi va uning milliy yo'nalishlari 2. Antik dunyo va Yunoniston falsafasi 3. O'rta asrlarda G'arb falsafiy tafarruri rivoji 4. O'rta asr Sharq falsafasining o'ziga xos xususiyatlari Sharq qadimiy madaniyat o'chog'i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta'riflanmagan. o'arb madaniyati tarixini o'rganish jarayonida Ovrupotsentrizm nazariyasiga oqib ketish G'ayriilmiy bo'lgani kabi, masalaning Sharq bilan bog'liq jixatini tahlil etganda ham Osiyotsentrizm G'oyalari ta'siriga tushmaslik lozim. Shu bilan birga, Sharqning o'ziga xosligi, unga mansub bo'lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo'shilgan munosib xissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha holis mutaxassis olimlari tomonidan e'tirof etiladi. Јolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi kuchog'ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o'zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga o'lkan ta'sir ko'rsatganini doimo esda to'tish darkor. Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko'pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz utmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bo'lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bo'larning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o'ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo'lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat uchoklari haqida maktab ta'limi jarayonida «Eng qadimgi tarix» darsliklari orqali ma'lumot berilgan. Zukko talabalar usha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo'lganini yaxshi biladi. Biz bugun usha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-muloxazalari, o'ziga xos ta'limotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmokchimiz. Kuxna Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo'lgan Misr, qadimgi zamonda ilk utrok hayot va o'ziga xos dehqonchilik an'analari boshlangan Nil daryosi buylaridagi madaniyat dunyo olimlari dikkatini tortib keladi. Qadimgi Misr va Bobil falsafasi. Eramizdan avvalgi to'rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil xududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya'ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topgan. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yo'zaga kelishi ikki yo'nalishda borgan. Birinchi yo'nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bog'liq ekanini, ikkinchi yo'nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bog'liq bo'lganini ko'rsatadi. Birinchi holda, asosan, tabiiy bilimlarga tayanilgan, kundalik hayotda duch kelinadigan voqea-hodisalar aniq dalillar asosida tahlil etilgan, o'rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan.Bu - usha davr uchun tabiiy hol edi, ya'ni u - davrning inson ongida aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy bir tarzda ifodalanishi edi. Aynan ana shu hol tabiiy bilimlar rivojiga, garchand sodda tarzda bo'lsa-da, aksariyat hodisalarning falsafiy asosda izohlanishiga sabab bo'lgan. Ikkinchi holatda esa, xali tabiat kuchlarining qarshisida nixoyatda ojiz bo'lgan odamzod, albatta, tevarak atrofdagi voqea-hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.71 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.71 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga