Qadimgi va o'rta asr markaziy Osiyo falsafasi

Qadimgi va o'rta asr markaziy Osiyo falsafasi

O'quvchilarga / Falsafa
Qadimgi va o'rta asr markaziy Osiyo falsafasi - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi va o'rta asr markaziy Osiyo falsafasi Reja: 1. Markaziy Osiyodagi eng qadimgi falsafiy qarashlar. 3. Tasavvuf falsafasi.So'fizm. 4. IX -XII asr o'ygonish davri falsafasi vf uning jahon madaniyatida tutgan o'rni. Dars maqsadi talabalarni qadimgi Sharq va antik dunyo falsafasi, Markaziy Osiyo falsafasi, uning jahon madaniyatida tutgan o'rni, o'rta asr va yangi davr G'arb falsafasi, falsafa tarixi va tarix falsafasini o'rganishning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati bilan tanishtirish orqali ularning bilim va malakalarini oshirish. Tarixni bilish, undan tug'ri va holis hulosalar chiqara olish inson ma'naviy kamoloti uchun nihoyatda muhim. Tarix - buyuk muallim, o'tmishdan saboq beradigan tarbiyachidir. Gap eng qadimgi davr falsafasi haqida borar ekan, bu haqiqat yanada katta ahamiyat kasb etadi. Ayrimlar «Bizga ming yillar qa'rida yotgan madaniyat va falsafadan nima foyda, yahshisi, bugunning gapidan gapiring?, «O'tmish qa'ridan tashbeh izlagandan ko'ra, bugungi muammolar ustida bosh qotirgan ma'qul emasmi?» degan xayollarga borishi mumkin. Bir qarashda ularning gapida ham jon borga o'xshaydi. Ammo bir narsa aniq: o'tmishni bilmasdan turib, kelajakni tug'ri tasavvur etish mumkin emas. Zero, o'tmishsiz kelajak yo'q. Shu ma'noda, biz falsafa tarixini azbaroyi o'tmishga qiziqqanimiz uchun o'rganmayapmiz. Biz uni turli zamonlarda ro'y bergan hilma-hil voqea va hodisalarning falsafiy fikr va ongida qanday aks etgani, ularni qanday G'oyalarning tug'ilishiga sabab bo'lgani, qaysi ta'limotlar insoniyat taraqqiyotiga qanday ta'sir ko'rsatgani, qaysi mafkura odamzodni ko'proq rivojlanish yoki tanazzul tomon etaklagani kabi haqiqatlarni bilib olish uchun o'rganamiz. Tarixni o'rganmoq va undan saboq olmoq har bir inson uchun zarurdir. Bu - falsafa bilan shug'ullanayotgan mutaxassis uchun ham, uni o'rganayotgan talaba uchun ham birdek muhim ahamiyatga ega. Tarihni falsafasiz tug'ri tushunib bo'lmagani kabi, falsafani ham tarih haqiqatisiz tug'ri anglab bo'lmaydi. Shularni nazarda tutib, quyida biz mamlakatimiz tarixida muayyan iz qoldirgan ayrim falsafiy qarashlar va ta'limotlar haqida qisqacha to'htalib o'tamiz zardushtiylik ta'limoti. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo'lgan davr mahsuli bo'lgan diniy-falsafiy ta'limotlardan biri zardushtiylikdir. Bu ta'limotga kim asos solgan? Bu ta'limotga Zardo'sht asos solgan bo'lib, Sharq va g'arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhurdir. Manbalarga ko'ra, Zardo'sht eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy shaxs ekanli haqida aniq bir to'htamga kelingani yo'q. U o'zini payg'ambar deb e'lon qilgan. Lekin uning payg'ambarligi ilohiy asosga ega emas. Ya'ni bu haqiqat ilohiy kitoblarda o'z tasdig'ini topmagan. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, bu ta'limot Vatanimiz hududida, hususan, Horazm zaminida paydo bo'lgan. U o'z davrida halqni ezgulik va adolat G'oyalariga da'vat etish, hayotbahsh an'analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan, uning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.08 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.08 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga