Qadimgi Хitoy falsafasi. Qadimgi Хitoyda fan va madaniyat o'ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o'rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xujalik shakli yo'zaga kelgan.Eramizdan avvalgi XII asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou kabilasining quliga o'tgan.Bu hokimiyat eramizdan avvalgi II asrgacha davom etgan.Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash xukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo'lishini o'ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o'z ta'sirini o'tkazgan. Bunday ruxdagi falsafiy G'oyalar ayniqsa qadimgi Хitoy donishmandi Konfutsiy (551-479) ijodida yaqqol aks etgan.Uning «Хikmatlari», ya'ni aforizmlari juda mashhur. Konfutsiy ta'limotida umuminsoniy qadriyatlarning xitoy xalqi turmush tarzida o'ziga xos tarzda namoyon bo'lishi, bu xalqqa xos ma'naviy mezonlar aks etgan. Bu ta'limot bir necha asrlar davomida ushbu xududda milliy G'oyalar majmui, millatning mafko'rasi sifatida odamlarning ma'naviy ongi va kiyofasi shakllanishiga ta'sir ko'rsatgan.u hozirgi Хitoyda ham o'zining muayyan ahamiyatini saqlab qolgan. Konfutsiy fikricha, olamni osmon boshqaradi.Osmon irodasi - takdirdir.Biz yashab to'rgan olam, undagi tartib osmon xukmdori tomonidan yuborilgan.Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi.Tartib, Konfutsiy nuqtai nazariga ko'ra, iloxiy mazmunga ega va uning mohiyatini «Li» tushunchasi belgilaydi. u, ya'ni tartib dunyoning mohiyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatdagi barcha haraqatlar unga binoan amalga oshishi lozim.Tartib - insoniyat jamoasining eng oliy hayotiy qadriyatlaridan biridir.Konfutsiyning ta'kidlashicha, shaxs faqat o'zi uchun emas balki jamiyat uchun ham yashashi kerak. Konfunsiy ta'limotida insonning hayotdagi ijtimoiy o'rni nixoyatda ulug', u o'ziga ravo kurmagan narsani boshqalarga ham ravo kurmasligi, o'ziga ravo ko'rgan narsani boshqalariga ham ravo kurishi lozim. Konfutsiyning qarashlari keyinchalik jahon falsafasida axloqiy tamoyillar rivojida, adolat, birodarlik, erkinlik G'oyalari takomilida muxim o'rin to'tgan. Bu ta'limot Хitoyda ikki ming yil davomida davlat dini darajasiga kotarilgan va xalq hayotida muxim ahamiyat kasb etgan. Qadimgi Хitoyning ko'zga ko'ringan faylasuflaridan biri Lao-Szidir (VI-V asrlar). Uning ta'limotiga ko'ra, olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo'ysinmog'i lozim. Daosizm ta'limoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni - tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik ko'rashi va uyg'unligi abadiyligining e'tirof etilishidir. Bu qonunga ko'ra, olamning asosini tashkil etuvchi «Si», ya'ni beshta unsur - olov, suv, xavo, yer va yog'och yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yo'zaga kelishini ta'minlaydi. Lao-Szining ta'kidlashicha, olamda xech bir narsa doimiy va o'zgarmas, harakatsiz holda bo'lishi mumkin emas. Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi holatga o'tib turadi. Qarama-qarshi kuchlar o'rtasidagi ko'rash, ya'ni in va Yan' orasidagi munosabat - bizni o'rab to'rgan olamni harakatga keltiruvchi kuchlar manbaidir. In va Yan o'rtasidagi ko'rash daoni anglatadi. Odamzod bu ko'rash jarayonida doimo yaxshilik tomonida turishi, ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 10:42:34
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.02 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 10:42 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.02 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx