Qadimgi Yunoniston va Rim falsafasi

Qadimgi Yunoniston va Rim falsafasi

O'quvchilarga / Falsafa
Qadimgi Yunoniston va Rim falsafasi - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi Yunoniston va Rim falsafasi. Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu davrdagi falsafiy qarashlar - antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va boshqalarning falsafiy, tabiiy - ilmiy, ijtimoiy - axloqiy ta'limotlari o'rganiladi. Yunonistonda dastlabki falsafiy ta'limotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o'rtasida Milet shaxrida yo'zaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir.Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi 624 - 547 yillarda yashagan). U Yunon fani va falsafasining asoschisi bo'lib, o'z davrining yetuk siyosiy arbobi, juKrofi, faylasufi bo'lgan. Fales ta'limotiga ko'ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido - suvdan paydo bo'lgan va yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo o'zgarishda bo'ladi. Anaksimandr (Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI o'rtalarida yashab ijod etgan. U «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yotib kelmagan. Fales olamning asosiga suvni kuygan bo'lsa, Anaksimandr dunyo - cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issiqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o'tishini ta'minlaydi, deb hisoblagan. Uning ta'limotini zamondoshi, shogirdi Anaksimen davom ettirdi.Anaksimen (eramizdan avvalgi 588-525 yillar) havo - olamning asosi, deb bilgan. Uningcha, havoning quyuqlashishidan suv, yer, tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa olov paydo bo'lgan. Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillar) Kichik Osiyoning Karbiy qirg'oqidagi Efes shaxrida zargar oilasida dunyoga kelgan.U stixiyali dialektikaga asos solgan, olov - olamning asosi, deb bilgan.uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda. «Okar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib turadi». Olamda turg'unlik yo'q. Harakat butun tabiatga, barcha jism va hodisalarga xosdir. Abadiy harakat - abadiy o'zgarishdir. Harakat qarama-qarshilik asosida sodir bo'ladi. «Ko'rash hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosidir», degan ekan Geraklit. Bundan Geraklit kishilar o'rtasida urushlarni targ'ib qilgan ekan-da, deya xulosa chiqarish noto'g'ri. Geraklitning fikricha, doimiy o'zgarish, harakat va o'zaro qarama-qarshi tomonlarga o'tish - jismlar sifatining nisbiyligi bilan bog'liq. Masalan, dengiz suvi inson iste'moli uchun yaroqsiz bo'lsa, baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta ta'sir ko'rsatgan. Pifagor (eramizdan avvalgi 580-500 yillar) Yunonistonning orolida yashab o'tgan. u qadimgi Yunonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, ya'ni pifagorchilikka asos solgan. Pifagor o'zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan chiqisha olmagan va Samosni tark etib, janubiy Italiyaga ko'chib ketgan, usha yerda o'z uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, rakamlarni bilishdan boshlanishi kerak. Pifagorchilarning ta'limotiga ko'ra, olamning asosida modda ham, tabiat ham emas, balki ideallashgan rakamlar yotadi; narsa va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.27 KB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.27 KB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga