Reja: 1. Qadriyatlar tushunchasi va ularning mohiyati. 2. Qadriyatlar turlari. 3. Qadriyatlarning jamiyat hayotidagi o'rni. O'tmishdagi barcha falsafiy ta'limotlarda qadriyatlarning mohiyati va ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rni masalasiga katta etibor berilib, ular ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning mahsuli, jamiyat ma'naviy kamolotining muhim omili ekanligi ko'rsatib o'tiladi. Faylasuflar qadriyatlar va ularning jamiyat hayoti va taraqqiyotida tutgan o'rni masalasiga ontologik, gnoseologik, evristikva dunyoqarashlik nuqtai nazaridan yondashib, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy va tarbiyaviy ahamiyati o'z davri talablari va imkoniyatlari doirasida ochib berishga uringanlar. Qadriyatlar jamiyat taraqqiyotining moddiy va ma'naviy boyliklari rivojining yakuni inson kamolotining kelajak uchun ham katta ahamiyat kasb etadigan ijobiy mahsulidir. Insonning obyektiv olamga nisbatan bo'lgan aktiv faoliyati, moddiy va ma'naviy muhit, yashash shart-sharoitlarning butkul yangilanishlar asosida sodir bo'lib, yangi-yangi qadriyatlarning shakllanishiga, o'tmishdan meros bo'lib qolganlari esa davr ruhi yangi ijtimoiy ehtiyoj talablari asosida rivojlanishiga olib keladi. Buning natijasida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy taraqqiyotning imkoniyatlari ham kengayadi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan har qanday hodisa o'tmishda ijobiy ahamiyat kasb etgani uchungina emas, balki kelajak istiqboli uchun yangi imkoniyatlar yaratib berishga qodir bo'lganligi sababli ham qadriyat deb ataladi. Qadriyatlar olamni bilish va uni amaliy o'zgartirish uchun muhim omildir. Har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy plam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma'naviy taraqqiyotga ta'sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi. Qadriyatlarning ko'pligi, mazmuni, ularni aniqlash va e'tiqod qilish - insonning bilish qobihyati va amaliy imkoniyatlari takomillashib, chuqurlashib, kengayib borayotganini ifodalaydi. Yangi qadriyatlar yuzaga kelishi - insonning ham, ma'naviyat borasida bilimlari vorislik asosida davom etayotganining ifodasidir. Qadriyatlar inson ma'naviy kamolotining muhim omili hamdir. Har bir millat rivojlanishidagi tarixiy voqealar, unga ijobiy hissa qo'shgan shaxslar ham milliy g'urur va qadriyatlar jumlasiga kiradi. Qadriyatlarda ular yuzaga kelgan davrning ruhi, imkoniyatlari, talab va entiyojlari o'zining yaqqol irodasini topadi. Har bir qadriyat malum konkret davr, sharoit va ehtiyojlarning mahsuligina emas. balki uning ko'zgusi hamdir. Tarixiy taraqqiyot jarayonida davrlar o'tishi, sharoit va imkoniyatlar o'zgarib turishi ham qadriyatlarning mazmunida, ularga munqsabatda o'z ifodasini topadi. Qadriyatlarga baho berishdan oldin ular yuzaga kelgan konkret tarixiy sharoitlar, o'sha davrlarga xos bo'lgan imkoniyatlar va ehtiyojlarni ham bilmoq kerak. Kechagi voqealarni bugungi talab bilan o'lchash mumkm bo'lmaganidek, har bir qadriyatning ijtimoiy ahamiyatini baholashga muayyan tarixiy sharoitlarni hisobga olib yondashmoq kerak. Moddiy ishlab chiqarish, ma'naviy taraqqiyot ehtiyojlari qadriyatlar shakllanishining asosiy omillaridir. Har bir qadriyat qaysi entiyoj asosida yuzaga kelmasin, yuqoridagi omillar bilan bevosita, yoki bilvosita aloqada bo'ladi. Qadriyatlar taraqqiyotidagi vorislik shu tariqa uzluksiz davom etaveradi. Qadriyatlarning shakllanishi, ularga amal qilish imkoniyatlari kishilar yashagan muhit tabiiy sharoitlar, ishlab chiqarish usuli, ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 10:42:34
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc, docx
Fayl hajmi
161.83 KB
Ko'rishlar soni
248 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: doc, docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 10:42 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc, docx
Fayl hajmi
161.83 KB
Ko'rishlar soni
248 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: doc, docx