Tabiat falsafasi

Tabiat falsafasi

O'quvchilarga / Falsafa
Tabiat falsafasi - rasmi

Material tavsifi

Tabiat falsafasi Reja: 1. Tabiat, uning tuzilishi va rivojlanishi. 2. Tabiat va jamiyat, ularning o'zaro aloqasi. 3. Yerdagi hayot va biosotsial evolyutsiya. 4. Tabiatni falsafiy tushunishning ahamiyati va ekologik tarbiya. Tabiat tushunchasi, uning falsafiy mohiyati va mazmuni. Naturfilosofiya - tabiat falsafasi. Jonli va jonsiz tabiat. Ularning bir butunligi, uzviy aloqadorligi. Hayot, uning qadr-qimmati muammosi. Yerda hayotning vujudga kelishi to'g'risida dunyoviy va diniy qarashlar, ta'limotlar va ularning asosiy g'oyalari. Tabiat va jamiyat, tabiiy va sun'iy muhit, ularning o'zaro aloqasi. Tabiat - jamiyatning yashash sharti. Jamiyatning tabiatga ta'siri. Inson faoliyati planetar hodisa sifatida. Tabiatning umumbashariy taraqqiyoti doirasida yerdagi hayot va biosotsial evolyutsiyaning o'ziga xosligi. Biosfera va noosfera, ekosfera, ergosfera tushunchalari ularning uzviy aloqadorligi va farqlari. Ekologik muammolarning vujudga kelish sabablari va ularni hal qilish muammolari. O'zbekistonda tabiatni asrab-avaylash va ekologik muammolarni hal qilish yo'llari. Ekologik ong va mas'uliyat - yoshlar kamolotining tarkibiy qismi. 1- ko'rgazma 2- ko'rgazma 3-ko'rgazma Tayanch tushunchalar Tabiat, tabiat obyektlari, Pluton, Galaktika (Somon yo'li), makrodunyo, mikrodunyo, megadunyo, anorganik dunyo, organik dunyo, ijtimoy dunyo, tabiat, muhit, biosfera, noosfera, hayot, ekologiya. Takrorlash uchun savollar Tabiat deganda nimani tushunasiz? Tabiat obyektlari qanday tuzilgan? Hayot va uning mohiyati nimalardan iborat? Jonli va jonsiz tabiat tushunchalarining ma'nosini tushuntirib bering. Tabiat va jamiyat aloqalari deganda nimalar nazarda tutiladi? Biosfera va noosfera nima? Reja: 1. Tabiat tushunchasi, uning falsafiy mohiyati va mazmuni. 2. Tabiat va jamiyat, ularning o'zaro aloqadorligi. 3. Hozirgi zamon ekologik muammolari va ularni hal qilish yo'llari. Tabiat tushunchasi keng manodagi falsafiy tushunchalardan biridir. Tabiat benihoyat hilma-xil shakl va ko'rinishlari bilan insonni qurshab to'rgan moddiy olam, butun mavjudotdan iboratdir. Lekin, Tabiat tushunchasini Borliq tushunchasi bilan aynanlashtirmaslik lozim. Borliq tushunchasi mazmun jihatidan keng bo'lib ijtimoiy, ma'naviy borliqni ham o'z ichiga oladi. Tabiat tushunchasi anchayin tor manoda tabiatshunoslik fanlarining o'rganish obyekti sifatida ham tushuniladi. Tabiat fanlari tabiatdagi barcha narsa va hodisalarning mohiyati va ularda mavjud bo'ladigan o'zgarishlarni o'rganadi. Bu fanlar ma'lumotlarnini o'rganish bilan bizning tabiat haqidagi tasavvurlarimiz kengayib boradi. Tabiat tushunchasi materiya tushunchasiga yaqin turadi. Demak, tabiat hilma-xil jismlardan tashkil topgan materiyadir. Ammo, odatda, tabiat tushunchasini muayyan bir chegarada, yani inson va insoniyat mavjudligining tabiiy sharoitlari yig'indisi sifatida ham ishlatiladi. Huddi shu manoda, Tabiat tushunchasi inson va jamiyatning tabiatga nisbatan tarixiy jarayon davomida o'zgarib boradigan munosabati tizimidagi o'rni va rolini ifodalaydi. Shuning uchun bu tushuncha nafaqat tabiiy, balki inson tomonidan yaratilgan, uning mavjudligi moddiy shart-sharoitlari - ikkilamchi tabiatini ko'rsatish uchun ham ishlatiladi. Malumki, inson bilan tabiat o'rtasidagi munosabatlarning doimiy ravishda amalga oshishi ijtimoiy ishlab chiqarishni tartibga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc, docx
Fayl hajmi 101.24 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: doc, docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc, docx
Fayl hajmi 101.24 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc, docx
Tepaga