Taraqqiyot va tafakkur, istiqlol va falsafa. Taraqqiyot va tafakkur, istiqlol va falsafa. Falsafiy tafakkur rivoji insoniyat taraqqiyoti bilan uzviy bog'liq jarayondir. Ma'lumki, hayotdagi voqea-hodisalarning barchasi ijtimoiy ongda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davrlar o'zgarishi bilan unga xos ma'naviy, huquqiy, siyosiy va falsafiy mezonlar ham shakllana boshlaydi. Ammo bu o'z-o'zidan yuz bermaydi. Ayniqsa, inson tafakkurining o'zgarishi, dunyoqarashning yangicha tamoyillarga ega bo'lishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Bu hol bizning kunlarimizda ham yaqqol namoyon bo'lmoqda. Hozirgi kunda jamiyatimizda istiqlol g'oyalariga asoslanadigan yangi dunyoqarashni shakllantirish asosiy vazifa bo'lib turibdi. Zero, inson dunyoqarashini, uning asosiy tamoyillarini o'zgartirmasdan, yangi jamiyatni qurish qiyin. Bu jarayonning qonuniyatlari va o'ziga xos xususiyatlari Prezident Islom Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga isxonaman» mavzuidagi javoblarida asoslab berilgan. Istiqlol talablari darajasida falsafiy tafakkurni yangilash vazifalarini bajarish g'oyat murakkab bo'lib, quyidagi bir qator muammolarni hal qilishni taqozo etmoqda: - mustabid tuzum mafkurasining ijtimoiy, ma'naviy va falsafiy sohalardagi asoratlarini bartaraf etish; - kishilar ongi va turmush tarzidan sobiq tuzumga xos g'ayriinsoniy tamoyillarni siqib chiqarish; - O'zbekiston falsafasida jahon falsafiy tafakkuri yutuqlaridan yanada kengroq foydalanish; - bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish jarayonida nafaqat oddiy fuqaro, balki ziyoli va falsafa mutaxassislarining ongida hamon saqlanib kelayotgan loqaydlik va mutelik kabi kayfiyatlarga barham berish; - ma'naviy merosimizni qayta tiklash va ijodiy rivojlantirish jarayonida buyuk ajdodlarimiz falsafiy merosini yanada keng va chuqurroq o'rganish; - falsafiy adabiyotlarni milliy manfaatlarimizga yanada ko'proq moslash, qo'llanma va darsliklarimizda milliy g'oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini aks ettirish; - istiqlol talablariga mos keluvchi sog'lom g'oyali ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash zaruratiga mos tadqiqotlar olib borish, ular asosida ta'lim-tarbiyaning samarali usul va imkoniyatlarini izlab topish. - jahon va Sharq xalqlari falsafiy merosini puxta va chuqur o'rganish, bu jarayonda turli g'oya va mafkuralarning davlatlar va xalqlar taqdiriga ta'sirini aniq ko'rsatish va shu asosda istiqlol mafkurasining tamoyillarini kishilar ongiga singdirish. Ana shu masalalarni uyg'un holda hal qilish falsafiy dunyoqarashimizni yangilashga yordam beradi. Mustaqillik - falsafiy dunyoqarash yangilanishining asosi. Istiqlolga erishganimizdan buyon tarixan qisqa davr o'tgan bo'lsa-da, mustaqil taraqqiyot mamlakatdagi ulkan imkoniyatlarni ro'yobga chiqarishning yagona va muhim omili ekani o'zining to'liq isbotini topdi. Zero faqat mustaqillikkina har bir xalqqa o'z falsafasini erkin rivojlantirish, takomillashtirish imkonini beradi. Bugungi kunda mustaqillikni mustahkamlash jarayoni mohiyatini va falsafiy asoslarini o'rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunda asosiy masala shundan iboratki, mustaqillik odamlar dunyoqarashining mazmun-mohiyati va asosiy yo'nalishlariga yangicha nuqtai nazardan qarashni taqozo etadi. Ularni yangi mazmun bilan boyitishni, istiqlol talablari asosida o'rganishni zaruratga aylantiradi. Bunda ayniqsa, Prezidentimizning quyidagi fikri nihoyatda muhim: «Bizning ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 10:42:34
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.93 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Mar 2024 [ 10:42 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.93 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: doc