Temuriylar davri va o'rta asrlar falsafasi Reja: 1. Temur va temuriylar davri falsafasi, uning ahamiyati. 2. Temurning hayoti, faoliyati, jahon va Vatan tarixidagi o'rni. 3. Ulug'bek - o'rta asr madaniyatining atoqli vakili. 4. Alisher Navoiyning falsafiy qarashlari. 5. Bobur va boburiylar davridagi falsafiy qarashlar. 6. Temuriylar davri va o'rta asr falsafasini o'rganishning ahamiyati. Insoniyat tarixida shunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlar, o'zining yo'lboshchilari yetakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming yillarda qo'lga kiritish mumkin bo'lgan natijalarga erishganlar. Aynan ana shunday davrlar insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning o'chmas nomini bitadi, jahon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga katta hissa bo'lib qo'shiladi. Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, mo'g'ul bosqinchilaridan ozod bo'lgan xalqimizning milliy dahosi eng yuksak cho'qqiga ko'tarilgan davrdir. Bu davr falsafasi xalqimizning sohibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqillikni saqlash hamda mustahkamlash uchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning markazlashgan davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, mustaqil yashash orzularining ushalgan davridir. Uning falsafasida ham ana shu jihatlar yaqqol ko'zga tashlanadi va bu meros bugungi milliy ong va istiqlol mafkurasining falsafiy negizlari orasida alohida o'rin tutadi. o'rta Osiyoning mo'g'ullar tomonidan bosib olinishi mamlakatni g'orat qildi, iqtisod, madaniyat, san'at va ilm - fan sohasida tanazzul ro'y berdi. Jabr, zulm, zo'ravonlik natijasida xalqning turmushi keskin yomonlashdi. Mo'g'ullar zulmiga chek qo'yishda xalq ommasining noroziligi, sarbadorlar boshchiligidagi ommaviy qo'zg'olonlar, ayniqsa, sohibqiron Amir Temurning faoliyati muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Mug'ullar o'rnatgan mustabid tuzumning Amir Temur dunyoga kelgan davrida yerli aholi o'rtasida chuqur ijtimoiy va ma'naviy uyg'onish jarayoni borayotgan edi. Bu jarayon, «Tarixi, o'sha davrdayoq, ming yilliklar qariga ketgan buyuk xalq mustamlakachilik azobida yotaveradimi?» yoki «Mustaqillik uchun kurash olib borishda davom etadi va ozodlikka erishadimi?»- degan asosiy savollar atrofida ro'y berayotgan edi. Mo'g'ullar mamlakatimizni siyosiy va harbiy jihatdan istilo qilgan edilar, ammo uni ma'naviy bo'yso'ndirish, madaniy jihatdan mo'g'ullarning ustunligi to'g'risida gap ham bo'lishi mumkin emas edi. Ko'chmanchilik va shaharlarni g'orat qilishdan boshqasiga yaramaydigan, o'troq hayotga mensimay qaraydigan Chingiz avlodlari ma'naviy va madaniy jihatdan o'zlaridan ustun bo'lgan xalqqa nima ham bera olar edilar? ular o'z hukmronligining oxirigacha ham Vatanimizda birorta tuzukroq yashash mumkin bo'lgan yangi shahar barpo etmadilar, madaniyat o'choqlarining yuksalishi uchun imkon bermadilar, yerli aholi orasidan chiqqan barkamol kishilarni qilichdan o'tkazib turdilar. Ammo xalq irodasini buka olmadilar, uning ozodlik va mustaqillikka intilishini to'xtatib qo'ya olmadilar. Amir Temur ana shu harakatning natijasi, xalqining milliy g'oyalarini ro'yobga chiqarish uchun tarixiy shakllangan zaruriyat, o'sha paytda harbiy uyushqoqlik, siyosiy hushyorlik, g'alabalar uchun fodokorlik jihatidan jahonda tengi ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 10:42:34
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
61.7 KB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
52 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 10:42 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
61.7 KB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
52 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx