XVI asrdan XX asr boshlarigacha O'zbekistonda ijtimoiy-falsafiy tafakkur

XVI asrdan XX asr boshlarigacha O'zbekistonda ijtimoiy-falsafiy tafakkur

O'quvchilarga / Falsafa
XVI asrdan XX asr boshlarigacha O'zbekistonda ijtimoiy-falsafiy tafakkur - rasmi

Material tavsifi

XVI asrdan XX asr boshlarigacha ¤zbekistonda ijtimoiy-falsafiy tafakkur Reja: 1. Temuriylar davlatidan keyingi ijtimoiy jarayonlar. 2. Amirlik va xonliklar davri falsafasi. 3. Millatning Koyaviy tarkokligi va mafkuraviy tanazzul oqibatlari. 4. Jadidchilik-milliy Koyalar uchun kurash falsafasi. Temuriylardan keyingi ijtimoiy jarayonlar. XV1 asrdan boshlab Mavorounnaxrda o'zaro urushlar, nizolar avjga chikdi, Temuriylar davlati inqirozga yuz tutib, mayda davlatlarga bulinib ketdi. Natijada Shayboniylar davlati tuzildi, 1510 yilda Shayboniyxon Ismoil Safaviy lashkarlari tomonidan uldirilganidan sung, markazlashgan davlat inqirozga yuz tutdi. Shayboniylardan Abdullaxon va uning uKli Abdulmumin vafotidan sung, XVI asr oxirida bu davlat barxam topib, hokimiyat ashtarxoniylar sulolasiga utdi. Imomokulixon (1611-1642) davrida davlat birmuncha mustahkamlangan bulsa-da, keyingi davrlarda taxt uchun kurashlar davom etdi. Bu esa iqtisod, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at ravnakiga o'z ta'sirini kursatdi. ayniqsa, tabiiy-ilmiy fanlar rivoji zaiflashdi, dunyoviy bilimda tanazzul ruy berdi. XVI-XVII asrlarda falsafiy va axloqiy fikr sohasida Poshoxuja, Mirzajon ash-Sheroziy al-BoKnaviy, ibn Muhammadjon Yusuf al-ЈoraboKiy, Muhammad Sharif al-Buxoriy va boshqalarning asarlarini ko'rsatish mumkin. Poshoxuja (1480-1547) Niso shaxrida tuKilib, Buxoroda vafot etadi. u «Miftox ul-adl» («Adolat kaliti») va «Gulzor» hikoyalar to'plamini yaratgan bo'lib, ularda insof, adolat, diyonat, saxovat, donolik va aql-zakovat, rostgo'ylik, ruhiy komillik, halollik, mexr-oqibat, kamtarlik va boshqa ma'naviy-axloqiy fazilatlarni tahlil qiladi, salbiy illatlar, insoniylikka zid xatti-harakatlarni koralaydi. XVII asrning mashxur mutafakkiri, faylasufi Yusuf al-ЈoraboKiy (1563-1647) asli Ozarbayjondan bo'lib, keyinchalik Buxoroga keladi. U yoshligidan fikx, falsafa, tasavvuf bilan shuKullanadi. Uning muhim risolalari «Risolayi botiniya», «Risolayi xilvatiya», «Fi ta'rifi ilm» va boshqalardir. Bulardan tashqari u Davoniy, Taftazoniy, Shaxobiddin Suxravardiylarning kitoblariga sharxlar bitgan. ЈoraboKiy o'z salaflari singari dunyoni, butun olamni bir-biri bilan chambarchas boKlik bo'lgan yagona jism deb biladi. Uningcha, Olam yagona jism, undagi barcha mavjud narsalar uning a'zolaridir. Olamdagi butun narsalarni Xudo yaratgan, u birinchi sababdir. borliqdagi xamma narsalar sabab-oqibat orqali bir-biri bilan boKlangan. Shuningdek, olim harakat va uning turlari, turt unsur haqida xam o'z fikrini bildiradi. Bu davrda Boboraxim Mashrab, Sufi Olloyor, Turdi FaroKiy va boshqalarning ijtimoiy-falsafiy qarashlari muhim urinni egalladi. Bular orasida Mashrabning xurfikrlik ruhi bilan suKorilgan ijtimoiy-falsafiy va axloqiy fikrlari etiborga sazovordir. Boboraxim Mashrab (1640-1711) Namanganda tavallud topadi. U Mulla Bozor Oxunddan diniy-tasavvufiy ta'limot sirlarini o'rganadi. Keyinchalik esa koshKarlik Ofok Xojaga muridlik qiladi, 1675 yilda Namanganga qaytadi. Mashrab uzining keyingi hayotida yaqin va ¤rta sharq mamlakatlarining ko'p joylarida xususan, Toshkent, Turkiston, Samarkand, Buxoro, Andijon, Xujand, Badaxshon va boshqa erlarda bo'ladi. U umrining oxirida Balxda bo'lib, Јunduzda Mahmud ЈataKon tomonidan katl kilinadi. Mashrab Kazal va ruboiylarida iloxiy sevgi, yani Olloxga muhabbatni tasvirlaydi. Mashrab tasavvufning kalandarlik tarikatini tanlaydi, xalqni ezgulikka, insof ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.02 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.02 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga