Bilish falsafasi Reja: 1. Bilish va bilim - falsafiy tahlil mavzui. 2. Bilishning obyekti va subyekti. Inson bilishining asosiy bosqichlari. 3. Ilmiy bilishning mohiyati va usullari. Metod, nazariya va metodologiya. 4. Xakikat tushunchasi. Uning shakllari. 5. ¤zbekiston istiqloli va bilimli yoshlarni tarbiyalash masalalari. Bilish va bilim. Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o'rganish falsafa tarixida muhim urin egallab kelmokda. Inson o'z bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nixoyat, o'z-o'zini uzgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega. Shu bois xam falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shuKullanuvchi maxsus sohasi - gnoseologiya vujudga keldi. Inson bilishi nixoyatda ko'p kirrali, murakkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini xal etish bilan shuKullanadi. Xar bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chikib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar kuyadi. Xususan, XVII asr o'rtalarida evropalik faylasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, haqiqiy ilmiy bilishlar hosil qilishning usullarini o'rganish, ilmiy xakikat mezonini aniqlash bilan shuKullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy bilimdir, degan Koyani olKa surdilar. XVII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga, ratsional bilishning hissiy bilishga nisbatan ustunligiga alohida urKu berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalarining haqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari haqida bahs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi, degan masala keskin kuyildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubxa bilan karaydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldilar. Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o'zi tuKrisida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma'naviy faoliyat turidir. Inson o'zini kurshab turgan atrof-muhit tuKrisida bilim va tasavvurga ega bulmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffakiyatli shuKullana olmaydi. Bilishning maxsuli, natijasi ilm bo'lib, xar qanday kasb-korni egallash fakat ilm orqali ruy beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo'lgan ma'naviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir. Insoniyat ko'p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli xam o'zi uchun kator kulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining xar qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar hosil kilinadi. Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar hosil qilish butun insoniyatga xos bo'lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy ehtiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shuKullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi alohida sotsial guruh vujudga keldi. Bular - ilm-fan kishilari bo'lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shuKullanadilar. Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi. Kundalik bilish usullari nixoyatda xilma-xil va o'ziga xos bo'lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 10:42:34
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.49 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 10:42 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.49 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:05 ]
Arxiv ichida: docx