Falsafaning asosiy mavzulari va muammolari Reja: 1. «Falsafa» atamasining mohiyati va mazmuni. 2. Falsafaning bahs mavzulari va asosiy muammolari. 3. Falsafiy muammolar bilan bog'liq oqim va ta'limotlar. 4. Falsafaning milliy va umuminsoniy tamoyillari. 5. o'zbek falsafasi, uning zamonaviy rivojlanish muammolari. Bashariyat milodiy XX asr bilan xayrlashib, uchinchi ming yillikka qadam qo'ymoqda. Èíñîíèÿo' bugungi kunga kelib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ulkan yutuqlarga erishdi. Fan va texnika, madaniyat va maorif beqiyos rivojlandi. Odamzod o'zining aql-zakovati va mehnati bilan juda ko'p yangiliklar yaratdi. Dunyoning ko'plab sir-asrori kashf etildi, buyuk ixtirolar qilindi. ma'naviy boyliklar orasida falsafa ilmida to'plangan hikmatlar xazinasi eng muhim o'rin tutadi. Har bir davrning buyuk donishmandlari bo'ladi. Ular o'z yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati hamda orzu-intilishlarini falsafiy ta'limotlarida, muayyan darajada, ifoda etganlar, jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qiladigan yuksak g'oyalarni o'rtaga tashlaganlar. Halqni buyuk maqsadlar sari etaklovchi bayroq sifatida namoyon bo'ladigan bu g'oyalarning muayyan davr mafkurasiga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etadi. Avvalo, falsafa o'zi nima, degan masalaga to'xtalib o'taylik. U insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardandir. Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak, uning o'zi kabi qadimiydir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo'qlik kabi ko'plab muammolar haqida bahs yuritadigan fandir.Falsafa asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi «filosofiya» so'zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» - sevaman, «sofiya» - donolik) degan manoni anglatishi takidlanadi. Bu - ushbu so'zning, atamaning lug'aviy manosi bo'lib hisoblanadi. Asrlar davomida filosofiya so'zining mano-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o'rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar bo'lgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o'zgarib borgan. «Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII-II asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi. o'sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi falsafiy tafakkur olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi. Qadimgi Yunonistonda «Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali barchamizga yaxshi malum bo'lgan, buyuk alloma Pifagor ishlatgan. Yevropamadaniyatiga esa, u buyuk yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda alohida bilim sohasiga, to'g'rirog'i, «fanlarning otasi», yani asosiy fanga aylangan. Qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan shug'ullanishidan qati nazar, filosofiya deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to'g'risidagi ilm hisoblanar edi. Shu manoda, dastlabki filosofiya olam va unda insonning tutgan o'rni haqidagi qarashlar tizimi bo'lib, dunyoni ilmiy bilish zaruratidan vujudga kelgan edi. ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 10:42:34
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
68.81 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 10:42 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
68.81 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: docx