Falsafiy bilimlar tizimi, uning asosiy yo'nalishlari va vazifalari Reja: 1. Fanlar tizimi, unda falsafaning o'rni va ahamiyati. 2. Falsafiy bilimlar tizimi va uning xususiyatlari. 3. Falsafiy Koyalar, nazariyalarning asosiy yo'nalishlari va vazifalari. 4. ¤zbekistonda falsafiy fanlarni rivojlantirish muammolari. Falsafiy bilimlar tizimi. Dunyoda xilma-xil fanlar bor. Muayyan sohaga oid ilmiy bilimlar tizimi fan deb ataladi. Ular «Tabiiy fanlar», «Ijtimoiy fanlar», «aniq fanlar», «Texnika fanlari» kabi sohalarga bulinadi. Jamiyat va insonni o'rganuvchi, ular tuKrisidagi turli bilim sohalarini kamrab oladigan tarix, falsafa, adabiyotshunoslik, tilshunoslik kabi ijtimoiy fanlar yagona fan sohasi - ijtimoiy fanlar sohasiga kiradi. Fizika, ximiya, biologiya, matematika kabi fanlar esa tabiiy fanlar sohasiga mansub. («Fan falsafasi» bo'limida bu masalalarga atroflicha tuxtalamiz). Ushbu mavzuda esa, falsafiy fanlar tizimi nima, bu tizim qanday shakllangan degan masalalar xususida fikr yuritamiz. Malumki, inson o'z kizikishi va ehtiyojlarini kondirish maqsadida kadim zamonlardan boshlab dunyoni bilishga harakat kilgan. Jamiyat taraqqiyoti yuksalib borishi bilan kishilarning bilim doirasi kengayib, tafakkuri rivojlanib borgan. boshqacha aytganda, bilimlar tizimi insoniyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi muxarrikka (mexanizmga) aylangan. Јadimgi dunyo tarixidan xabardor bo'lgan kishilar miloddan oldingi VII - II asrlarda Yunoniston va Rimda fan va madaniyat taraqqiy etganini yaxshi biladi, albatta. ¤sha davr boshlarida kariyb barcha bilimlar falsafa fani doirasida rivojlanib kelgan edi. Ammo ana shu davrning o'rtalariga kelib «Ritorika» (notiklik san'ati) va «Politika» (siyosat) kabi fanlar falsafadan ajralib chikdi. Insoniyat tarixining keyingi bosqichlarida falsafa tarkibidan matematika, fizika kabi aniq fanlarning ajralish jarayoni boshlandi. Јolaversa, keyingi asrlarda ijtimoiy va aniq fanlar tizimi shakllandi, bazi kadimiy aniq fanlarning o'zi xam (matematika, fizika kabi) muayyan sohalarga (arifmetika, algebra va boshqalar) bulinib ketdi. Insonning tashqi olamni bilishga bo'lgan intilishi muayyan davrga kelib, falsafiy-nazariy bilimni tarixiy zaruratga aylantirdi. Buning natijasida aqliy va jismoniy mehnat taqsimotining dastlabki shakli vujudga keldi va fanning nazariy jihatlarini o'rganuvchi kishilar toifasi paydo buldi. Avvalgi mavzuda takidlab utganimizdek, olam va odamning yaralishi, mavjudlik va rivojlanish qonuniyatlarini afsona va rivoyatlar asosida tushuntirishni maqsad qilib olgan dunyoqarash sohasi «Mifologiya» (mif - afsona, logos- ta'limot degani) deb ataladigan bo'ladi. Iloxiy va ruhiy qarashlarning o'rni va ahamiyatini mutlaklashtiradigan tafakkurning bir yo'nalishi «Teologiya» (teo - xudo, logos - ta'limot degani) degan nom oldi. Shunday qilib, insonning bilish jarayoni takomillashib borgani sari mustaqil fanlar tizimi xam shakllanaverdi. Jamiyat rivojining muayyan bosqichlariga kelib, mifologik, diniy qarashlar olamni bilish talablariga javob bermay koldi. Falsafadan fanlarning ajralib chiqishi, uning kashshoklanishini emas, balki rivojlanish xususiyatini kursatuvchi alomatga aylandi. taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan birga psixologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar xam ajralib chikdi. Keyinchalik ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 10:42:34
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.17 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 10:42 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.17 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: docx