Falsafiy dunyoqarash haqida

Falsafiy dunyoqarash haqida

O'quvchilarga / Falsafa
Falsafiy dunyoqarash haqida - rasmi

Material tavsifi

Falsafiy dunyoqarash. Bu tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqea va hodisalarga, o'zgalarga va ularning faoliyatiga, o'z umri va uning mazmuni kabi ko'pdan-ko'p tushunchalarga munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo'ladi. Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta'sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda ijtimoiy borliqning barcha jihatlari aks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida his-tuyg'u, aql-idrok va tafakkur ham muhim o'rin tutishi tabiiy. Uning shakllanishi kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bog'liq bo'lib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va hoka'zolar aks etadi. Muayyan davr dunyoqarashida zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o'z ifodasini topadi.Masalan, bugungi O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash zarurati istiqlol dunyoqarashini shakllantirishga ulkan ta'sir ko'rsatmoqda. Falsafiy dunyoqarash murakkab tuzilishga ega. U muayyan bilimlar, kelajakka qaratilgan g'oya va maqsadlar, tabiiy va ijtimoiy fan yutuqlari, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, ishonch, e'tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlardan iborat. Bularning ichida e'tiqod muhim ahamiyat kasb etadi.U dunyoqarashning mazmunini tashkil etadigan asoslardan biridir. E'tiqod insonning o'z qarashlari va G'oyalari to'g'riligiga, orzu-umidlarining asosli ekaniga, faoliyati va xatti-harakatining umumiy maqsadlarga va talablarga mosligiga bo'lgan chuqur ishonchidan paydo bo'ladi. U insonning hissiyoti, irodasi va faoliyatini belgilaydi, ularni boshqaradi, shaxsni omilkorlikka, samarali faoliyatga undaydi. Falsafiy dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim o'rin tutadi. Hissiyot dunyoqarashning emosional-ruhiy jihati bo'lib, dunyoni tushunish esa, dunyoqarashning aqliy shaklidir. Hissiyot - quvonch, shodlik, zavqlanish, hayot va kasb-kordan mamnunlik yoki norozilik, hayratlanish, havotirlanish, asabiylashish, yolg'izlik, zaiflik, ruhiy tushkunlik, g'am-g'ussa, nadomat, o'z yaqinlari va vatani taqdirini o'ylash kabi hilma-hil shakllarda namoyon bo'ladi. Ana shular barchasining uyg'unligi dunyoni his etishga olib keladi.Dunyoni his qilish esa, uni aqliy tushunishga, muayyan dunyoqarashning shakllanishiga asos bo'ladi. Inson aqli unga hos hissiyot va tasavvurlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi va takomillashtiradi. Har bir kishiga hos hissiyot va fikr, bilim va e'tiqod, intilish va kayfiyat, orzu-umid va qadriyatlar dunyoqarash tarkibida yaxlitlashadi va olamni bir butun holda aks ettiradi. Bir butun, yahlit dunyoqarashning shakllanishi bolalikdan boshlanib, inson hayotining ohirigacha davom etadi.Bu holat individual dunyoqarashning asosiy tamoyillaridan birini ifodalaydi. Falsafiy dunyoqarashning shakllanishida bilim g'oyatda muhim ahamiyat kasb etadi.Bilimda dunyoqarashning barcha belgilari mavjud. Lekin, bilim va dunyoqarash aynan bir narsa emas. Olamni tushunish bilimlar paydo bo'lishi uchun asosdir. Bilim inson ongida hissiy va aqliy bilish jarayonida hosil bo'ladi, u dunyoqarashning asosi, uning uzviy qismidir. Bilim muayyan sharoitda biron bir hodisa yoki narsani baholashda qo'l keladi va aynan ana shu jarayonda dunyoqarashga aylanadi. Bunday baho berish jarayonida mudom muayyan manfaatlar asos qilib olinadi.Shuning uchun ham ijtimoiy dunyoqarash ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.26 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.26 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga