Abu Ali ibn Sino falsafasi (980-1037). O'rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va faylasufidir. Buxorolik Ibn Sino (Avitsenna) 300 dan ortiq asar muallifidir. Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,Donishnoma, Xay ibn Yakzonayniqsa keng dovruq qozongan. Ibn Sino merosining tahlili uning ilmiy qiziqishlari doirasi benihoyat keng, u tom manoda qomusiy bilimlar egasi bo'lganidan dalolat beradi. Ibn Sino fanlarning ularni tadqiqot obyektlariga ko'ra ajratishga asoslangan tasnifini taklif qilgan. Ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari o'z-o'zidan o'zgarmaydi va inson ularni anglab etishga qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surgan. O'sha davrda u shug'ullanmagan fanning o'zi bo'lmagan. Tibbiyot bilan bir qatorda, Ibn Sino falsafa, xususan bilish nazariyasini ham faol tadqiq etgan. Ibn Sino moddiy dunyo predmetlarini sezgilar manbai deb hisoblab, ularning obyektiv tabiatini tashqi moddiy dunyo inikosi sifatida yoritadi. Bundan tashqari, u sezgini materiyaning xossalaridan biri deb etirof etadi. Alloma sezgini materiyaning oliy shakllari bilan bog'laydi. Ibn Sino mavjud narsalarni tasniflar ekan, sezgi hayvonlar deb ataluvchi jismlarga xosligini qayd etadi. Ibn Sino neoplatoniklarning jon hissiy narsalarni tananing biron-bir azosisiz idrok etadi, degan ta'limotini asossiz deb hisoblaydi. «Qadimda ayrim olimlar (neoplatoniklar) jon hissiy idrok etiluvchi narsalarni hech qanday organlarsiz bevosita sezadi, deb faraz qilganlar. Muhitga kelsak, bu, masalan, ko'rish uchun muhit bo'lib xizmat qiluvchi havo, organlarga kelsak, bu, ko'rish organi bo'lib xizmat qiluvchi ko'zdir. Biroq ular haqiqatdan uzoqdir, chunki hissiy idrok etish jonning o'zida bu organlarsiz yuz berganida, mazkur organlar behuda yaratilgan bo'lib chiqar, ulardan hech qanday naf bo'lmas edi», deb yozadi va so'zining davomida neoplatoniklarning qarashlari asossiz ekanligini takidlab, haqiqat sezgilar tana a'zolariga muhtojligidadir, degan xulosaga keladi. Ibn Sino sezgilar va sezgi organlari haqida gapirar ekan, u yoki bu sezgining yuzaga kelish mexanizmini ilmiy tushuntirishga harakat qiladi. Uning fikricha, hech qanday jism o'z holicha ovozga ega bo'lmaydi. Ovoz ikki jism to'qnashganda havo va harakatning tebranishi natijasida yuzaga keladi. Bu to'lqinlar juda tez tarqaladi. Ular quloqqa etgach, tebranuvchi havo eshitish nervlariga tegadi va ular bundan jonni xabardor etadi. Bu tavsif ancha sodda bayon etilgan bo'lsa-da, hozirgi tasavvurlarga mos keladi. Shuningdek, Ibn Sino sezgilarni hali obyektiv dunyoning subyektiv obrazi sifatida idrok yetmaganidan dalolat beradi. Sezgilarni tashqi ta'sirning organizmdagi harakati sifatida tushuntirar ekan, Ibn Sino uni mexanik talqin qiladi. Ibn Sino ko'rish haqidagi ta'limotni ishlab chiqdi. Ko'rish jarayonini tushuntirar ekan, u ayni vaqtda Platonning bu boradagi ta'limoti asossiz ekanligini ko'rsatadi. Ibn Sino yorug'likni ko'rishning asosiy vositasi sifatida alohida qayd etadi. Alloma sezgilarni va tuyg'ularning barcha shakllarini ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 11:08:27
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.53 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 11:08 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.53 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:04 ]
Arxiv ichida: docx