Abu Nasr Forobiy falsafasi

Abu Nasr Forobiy falsafasi

O'quvchilarga / Falsafa
Abu Nasr Forobiy falsafasi - rasmi

Material tavsifi

Abu Nasr Forobiy falsafasi Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy (870-950, asarlari: Kitob-ul xuruf, Fozil odamlar shahri, Ehsoul ulum, Siyosat falsafasi, Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni birinchi o'ringa qo'ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida etibor bergan. Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Borliq «yagona» va ayni vaqtda «ko'p»dir. Borliqning mazkur holati emanatsiya, yani «yagona» muhitdan borliqning turli muhitlari kelib chiqishi mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga kiruvchi to'qqiz gumbaz ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bu gumbazlarda ularning Yer atrofida aylanishi sababi hisoblangan jonlar yashaydi. Gumbazlar o'z harakatini dastlabki turtkidan boshlagan. Forobiy dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya haqidagi ta'limotidan foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon fikriga qo'shilmagan, chunki uning paydo bo'lishi va o'limi tananing paydo bo'lishi va o'limi bilan bir vaqtda yuz beradi, deb hisoblagan. Ayni shu sababli Forobiyda bilish nazariyasi Platondagi kabi xotirlash nazariyasi emas, balki dunyoni sezgi va aql birligi sifatida anglab etish nazariyasidir. Bunda aqlli jon narsalar tabiatini sezgilar idrokidan foydalanib anglab etadi. Narsalarning mohiyati aql bilan anglab etiladi. Bunda aql avvalo mantiqqa tayanishi, lekin sezgi a'zolari beruvchi materialdan foydalanishi lozim. Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan bo'lsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini yechishga intilish bilan tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar - havo, olov, yer, suvni; shuningdek minerallar, o'simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini sinchiklab o'rganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning obyektiv mavjudligiga urg'u beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari Sharq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta'sir ko'rsatdi. Forobiyning gnoseologiyasi tabiatshunoslik, matematika, musiqa, tilshunoslik va boshqa fanlar sohasidagi bilimlarga asoslanadi. U tabiat insondan tashqarida va unga bog'liq bo'lmagan holda mavjuddir, deb hisoblaydi. Farobiy fikricha, obyekt subyektga qadar mavjud bo'lgan. Seziladigan narsalar sezgilardan oldin paydo bo'lganidek, bilish mumkin bo'lgan narsalar ham bilishdan oldin paydo bo'lgan. Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida o'zlashtiradi. Bu jarayon sezish, idrok etish, xotira, tasavvur qilish va eng muhimi - mantiqiy mulohaza yuritish, tafakkur kabi usullarni qamrab oladi. Bu vositalar yordamida inson fanni o'rganadi. Forobiy «Fan va san'atning o'ziga xos xususiyatlari» asarida tabiatni bilishning uzluksizligini, bilish - bu bilishdan bilimga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani bilishdan mohiyatni bilishga eltuvchi yo'l ekanligini qayd etadi. Forobiy fikricha, inson paydo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.92 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.92 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga