Hissiy, empirik, nazariy va intuitiv bilish darajalari Hissiy darajadagi bilimning shakllari. Sezgi a'zolari orqali olingan bilim - hissiy bilimlardir. Sezgi a'zolari yoki narsalarning xossalarini sezgi a'zolari sezish va idrok etishi natijasida olingan bilimhissiy bilamdir. Masalan, inson uchayotgan samolyotni ko'radi va buning nimaligini biladi. Sezgi va idrok. Bilish faoliyatida sezgi - narsalar ayrim xossalarining sezgi a'zolari orqali his qilingan oddiy obrazi, inikosi, nusxasi yoki o'ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi. Masalan, aplesinda biz to'q sariq rang, o'ziga xos hid, tamni sezamiz. Sezgilar insondan tashqaridagi muhitda yuz berayotgan va uning sezgi a'zolariga ta'sir ko'rsatayotgan jarayonlar ta'sirida yuzaga keladi. Ovoz va yorug'lik to'lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta'sir va hoka'zolar tashqi ta'sirlantiruvchilar hisoblanadi. Forobiy bilishning ikki shakli - hissiy va oqilona bilishni farqlaydi. Insonni tashqi dunyo bilan bog'lovchi sezgilar roliga etiborni qaratar ekan, Forobiy ularni besh turga ajratadi. U sezgilarni bilimning asosiy manbai deb hisoblab, sezgilar faqat narsaning inikosi narsaning o'ziga mos tushgan holda haqiqiy bo'lishi mumkin deb qayt etadi. Forobiyning bilishda va umuman hissiy idrok etishda sezgilarning roli haqidagi qarashlari Aristotelning «sezmaydigan odam hech narsani bilmaydi va tushunmaydi», degan fikriga juda o'xshash. Insonning hayvondan farqi shundaki, u aql va sezgilar yordamida bilimlarni o'zlashtirishga qodir. «Aql kuchi» borliq narsalarining fikriy inikosini o'zida gavdalantiradi. Dunyoviy hodisalarning mohiyati va sabablarini bilgan aql osmon jismlari va ularning shakllarini bilishga harakat qiladi. Shu oxirgi bosqichda insonga ta'sir ko'rsatuvchi koinot aql bilan birikadi va boqiylik xususiyatini kasb etadi. Aql dunyoning yaralish bosqichlari sifatida inson va birinchi sabab o'rtasida bog'lovchi bo'g'in bo'lib xizmat qiladi, birinchi sabab esa, o'z navbatida, aqlga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Harakatlanuvchi aql jon bilan ruh orqali bog'lanadi, jon inson tanasidan o'rin oladi, shunday qilib, nodunyoviy hayot jihatlari insonga o'tadi va pirovardida inson mohiyati, bilimlari - uning aqli boqiylik xususiyatini kasb etadi. Forobiy fikricha, sezgilar tartibga ega bo'lganidek, aqlning ham o'z tegishli tartibi mavjuddir. Birinchi metod tabiiy fanlar (fizika)ga, ikkinchisi - matematikaga mos tushadi. Ikkala metoddan ham faqat fanda narsa va hodisaning u yoki bu jihatini teranroq tushunish maqsadida foydalaniladi. Sezgilar dunyoning sifat jihatidan rang-barangligining obyektiv xususiyatini aks ettiradi va uning ta'sirida yuzaga keladi. Sezgilar hodisalarning miqdor ko'rsatkichlari haqida ham ancha boy axborot beradi. Sezgilar bir xil ohangdagi ovozlar o'rtasidagi farqni ularning kuchiga qarab, rang tuslarini, temperaturadagi o'zgarishlarni, narsalar va jarayonlardagi boshqa farqlarni ancha aniq aks ettiradi. Sezish qobiliyatining yo'qolishi muqarrar tarzda ongning yo'qolishiga olib keladi. Sezishning ko'rish, eshitish, tebranish, paypaslash, ob-havo, og'riq, muvozanat va tezlashishni his etish, hid, tam bilish kabi umumiy organik turlari farqlanadi. Sezgilarning ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 11:08:27
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
58.34 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
38 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 11:08 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
58.34 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
38 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:05 ]
Arxiv ichida: docx