Bilish metodologiyasi: asosiy tushunchalar Metod va metodologiya tushunchalari. Metod (yunon. metods - usul) keng manoda yo'l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi manolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega - faoliyatda qo'llaniladigan malum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san'atda va h.k.); tizim haqidagi ta'limot yoki metod nazariyasi. Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo'llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o'rganadi. Shuningdek, metodologiya metodlar yig'indisi va faoliyat turi haqidagi ta'limotdir. Metod u yoki bu shaklda malum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig'indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo'lib, subyektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida malum natijalarga erishish sari yo'naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo'l bilan etishishga yordam beradi. Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqaruvdan iborat. Biroq: -birinchidan, metod va metodologik muammolarning rolini inkor qilish yoki to'g'ri baholamaslik (metodologik negavizm); -ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo'rttirish, mutlaqlashtirish, uni barcha masalalarning kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi (metodologik eyforiya), deb tushunish noto'g'ridir. Har qanday metod malum nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti sifatida namoyon bo'ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O'z navbatida, metod mazmuni kengayib boradi, yani bilimning chuqurlashishi va kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning ko'lami ham o'zgaradi. Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija (bilimlar majmui) va predmetning mohiyatini anglash, balki unga eltuvchi yo'l, yani metod ham haqiqiy bo'lmog'i lozim. Shunga ko'ra, predmet va metodni bir-biridan ayri holda tushunish mumkin emas. Har qanday metod u yoki bu darajada real hayotiy jarayonlarda shakllanadi va yana unga qaytadi. Metod har qanday tadqiqot boshlanishida to'la holda namoyon bo'lmasa-da, malum darajada predmetning sifat o'zgarishi bilan har safar yangidan shakllanadi. Metod bilish predmeti va harakatni sun'iy ravishda bog'lamaydi, balki ularning xususiyatlari o'zgarishi bilan o'zgarib boradi. Ilmiy tadqiqot predmetga daxldor dalil va boshqa belgilarni jiddiy bilishni talab qiladi. U malum materialning harakati, uning xususiyatlari, rivojlanish shakllari va h.k.larda namoyon bo'ladi. Demak, metodning haqiqiyligi, eng avvalo, tadqiqot (obyekt) predmetining mazmuni bilan bog'liq. Metod subyekt bilan chambarchas bog'liqdir. Boshqacha qilib aytgan-da, inson umum metodologiyaning markazidir (Feyerbax). Ikkinchidan, har qanday metod y yoki bu darajada boshqaruv quroli vazifasini bajaradi. Metod subyekt va obyektivlikning murakkab dialektikasi acosida rivojlanadi va bunda oxirgisi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Shu manoda, har qanday metod, eng avvalo, obyektiv, mazmunli va konkret bo'lsada, ayni paytda, y subyektiv hamdir. Biroq u faqat mavjud qoidalar tizimi emas, balki obyektiv ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 11:08:27
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
61.46 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 11:08 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
61.46 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:05 ]
Arxiv ichida: docx