Falsafa kategoriyalari

Falsafa kategoriyalari

O'quvchilarga / Falsafa
Falsafa kategoriyalari - rasmi

Material tavsifi

Falsafa kategoriyalari Falsafa tarixida kategoriyalarga yondashuvlarning xilma-xilligi. Sharq an'anasida ham, qadimgi Yunonistonda ham dialektika kategoriyalarining juftli xususiyati va ularning ziddiyatli munosabatlarini hal qilishga ehtiyoj anglanadi. Dialektika kategoriyalariga xos bo'lgan qarama-qarshiliklar birligini tushuntirishga urinishlar jarayonida fikrlash va borliqning qarama-qarshiliklarini birlashtiruvchi yagona asosni topish yo'lida izlanishlar olib borilgan. Mazkur yondashuv natijasida dialektika kategoriyalari umumiy va fundamental xususiyat kasb etib borgan. Dialektika kategoriyalarini tizimga solish va formal-mantiqiy fikrlashning umumiy qonunlarini ishlab chiqishga ilk urinish Aristotel ijodi bilan bog'liq. Falsafa tarixida Aristotel antik falsafani tizimga soluvchisi sifatida namoyon bo'ladi. Uning «Organon» asari ishonchli, haqiqiy bilim olish vositasi sifatida qaralgan. («Organon» - lot. orqanum - qurol, asbob, Aristotel mantiqiy asarlarining umumiy nomi.) Bu asarda Aristotel, xususan, formal-mantiqiy qonunni ta'riflagan bo'lib, unga muvofiq haqqoniy fikrlash ziddiyatsiz fikrlash demakdir. Ammo «Metafizika» asarida (lot. metaphisica - butun borliqning ilk asoslari haqidagi ta'limot) Aristotel olamning umumiy asoslariga tavsif berishga harakat qiladi va falsafiy kategoriyalar materiya, shakl, sabab, zaruriyat va boshqalar haqida so'z yuritadi. Mazkur kategoriyalarga Aristotel ularning ichki qarama-qarshiliklarini tushunishni nazarda tutuvchi ontologik mano yuklaydi. Bundan fikrdagi ziddiyat u yanglish ekanligining bosh belgisi, borliqning ziddiyatliligi haqidagi ta'limot esa - u haqqoniy ekanligining bosh belgisi, degan xulosa kelib chiqadi. Biroq borliq ziddiyatlari haqidagi fikr qanday qilib ziddiyatlardan xoli bo'lishi mumkin? Hamonki u borliqning ziddiyatliligiga ishora qilmas ekan, u qanday qilib haqqoniy bo'lishi mumkin? Shu tariqa falsafiy kategoriyalar va formal mantiq kategoriyalari o'rtasida farq yuzaga keladi. Keyinchalik bu farq formal va dialektik mantiq o'rtasidagi ziddiyatga aylanadi. Formal mantiq biz qanday fikrlashimiz lozimligini ko'rsatib, normativ funksiyani bajarish uchun mo'ljallangan fikrlash qonunlari bilan cheklanadi. Dialektik mantiq ham fikrlash va bilish metodlariga qo'yiladigan o'z talablari bajarilishi lozimligini ko'rsatadi, biroq ayni vaqtda u dialektik mantiq qonunlari nafaqat bizning tafakkurimizda, balki narsalarning o'z tabiatida ham amal qiladi, degan fikrga asoslanadi. Yangi davr (XVII asr). Yangi davrda fan yanada rivojlanadi. Uning bosh vazifasini olimlar tabiat qonunlarini aniqlashda ko'rdilar. Insonning sinchkov aqli tabiat hodisalarining o'xshash o'zaro ta'sirlarida muqarrar tarzda takrorlanuvchi barqaror aloqalar mavjudligini qadim zamonlardayoq payqagan edi. Bunda muhim, takrorlanuvchi xossalar fan va falsafa kategoriyalarida qayd etiladi, ularning o'rtasidagi takrorlanuvchi aloqalar esa tabiat qonunlari sifatida tushuniladi. Fan va falsafa qonunlari muhim xossalarida o'xshash, ikkinchi darajali xossalariga ko'ra esa bir-biridan farq qiladigan tabiiy jarayonlar rang-barang variantlarining ideal invarianti1 hisoblanadi. Yangi davr faylasuflarining asosiy etibori ilmiy bilish metodologiyasi muammolariga qaratiladi. Bunda yuzaga keladigan eng katta qiyinchilik ziddiyatlar birligi anglab etilmagan, empirizm va ratsionalizm dialogi esa empirizmning tantanasi bilan tugagan empirik va nazariy bilimning o'zaro nisbati muammosidir. XVII-XVII asrlarda ilmiy bilimning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 68.6 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 68.6 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga