Falsafada haqiqat muammosi Haqiqat - bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi, chunki haqiqat ongdan, bilayotgan subyektdan tashqarida va undan qatiy nazar mavjuddir. Haqiqat - bilimlarning obyektiv borliqqa muvofiq bo'lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish inikosining natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab etilgan tasdiqlovchi mulohazalar ko'rinishida o'z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, bazan boshqa, yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. Shu manoda haqiqat - bilish rivojlanishining yakuni va ayni vaqtda omilidir. Falsafa tarixida haqiqat (bilimlarning haqiqiyligi) muammosi qadimgi davrlardayoq ta'riflangan. Avestoda haqiqat oliy sharofatdir deyiladi. Darhaqiqat insoniyat doimo haqiqatga intilgan. Zero haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan buk qudrat. Aristotel fikricha haqiqat - mulohazalar va amaldagi holat o'rtasidagi muvofiqlikdir. Platon haqiqatni g'oyalar dunyosiga mos keluvchi g'ayritabiiy mustaqil ideal mohiyat sifatida tushungan, inson bilimi jonning shu g'oyalar dunyosi bilan mushtarakligi darajasidagina haqiqiydir, deb hisoblagan. Foma Akvinskiy haqiqat yolg'on narsalarda emas, balki aqlda mavjud bo'ladi, har bir narsa o'zi bog'liq bo'lgan aqlga munosabati darajasidagina haqiqiy deb nomlanishi mumkin, deb qayd etgan. Beruniy fikricha haqiqat bilimning voqelikka muvofiqligidir. Forobiy fikricha haqiqatni bilish aqlning kamolotiga bog'liq. Bu aql inson qalbidadir, uning kamolotiga esa faol aqlga qo'shilish orqali erishiladi. Faol aqlda borliqning eng oliy darajasi bo'lgan Birinchi sababdan boshlab to oxirgi haqiqatning barcha sura shakllari mavjud. Shuningdek Forobiy va uning izdoshlari fikricha, haqiqat bir nechta bo'lishi mumkin emas, haqiqat bitta, shu bois falsafa ham bir nechta bo'lishi mumkin emas. Forobiy haqiqatning o'zgarmasligiga ishongan va falsafani haqiqatning birdan bir ifodasi deb hisoblagan. NAQSHbandiy haqiqat bu Allohni anglashdir deb hisoblagan. Haqiqat so'fiylar talqinida shariat doirasidan chetga chiquvchi ichki mazmunni anglatadi. Ilk so'fiylar shariat va haqiqat o'rtasida jarlik yuzaga kelishiga yo'l qo'ymaslikka harakat qilganlar. Keyingi so'fiylar, masalan, Abu Bakr az Zakok haqiqat haqidagi fan shariat sari yo'lni oydinlashtiradi deb hisoblaydi. Darhaqiqat, diniy aqidalarni rad etish va odam shariat va tariqat bosqichlaridan o'tib, haqiqatga erishganidan keyingina o'zining «haqiqiy borlig'i»ni kasb etishi, haqiqat bilan birikishi va o'zi ham haqiqatga aylanishi haqidagi ta'limot so'fizm rivojlanishining keyingi bosqichlari mahsuli sifatida vahdati vujud (borliqning birligi), yani mistik panteizm haqidagi ta'limot asoschilari sanalgan Boyazid Bistomiy, Halloj va boshqalarning asarlarida ilgari surilgan. Gegelda haqiqatni tushunish uning falsafasi asosiy tamoyili bilan bog'liq. Bu tamoyilga binoan g'oya o'zining to'liq va muayyan ko'rinishida «o'zida va o'zi uchun borliqqa ega bo'lgan haqiqat»dir. Gegel fikricha haqiqat o'zining mavxum ko'rinishida muayyan mazmunning o'ziga muvofiqligini anglatadi. Hamonki bu mazmunning to'liqligiga mutlaq g'oyaning o'z-o'zidan harakati natijasida erishilar ekan, Gegel o'zining haqiqatni tayyor holda berilishi va shu holda cho'ntakka solib qo'yish mumkin ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 11:08:27
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.76 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 11:08 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.76 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:06 ]
Arxiv ichida: docx