Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli

Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli

O'quvchilarga / Falsafa
Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli - rasmi

Material tavsifi

Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli «Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday nomalum so'z mazmunini uning etimologiyasidan, yani u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o'rinli bo'ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo - sevaman va sophia - donolik so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, mazkur atamaning dastlabki manosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so'zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an'analar orqali) avloddan avlodga o'tuvchi bilim va inson o'z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo'li bilan olishi mumkin bo'lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan. Shuni takidlash lozimki, Pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo'lgan va mohiyat etibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi» darajasiga ko'targan manosidan boshqacharoq mano yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar o'zlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka davo qilmaganlar, zero, o'sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko'ra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o'tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so'nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo'lgan bashoratgo'ylar, kohinlar va oqsoqollar etirof etilgan. Ularning so'zlari shak-shubhasiz va birdan-bir to'g'ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga ko'ra, izlanuvchi, donishmandlik muxlisi bo'lishi, e'tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o'z aqliga tayanib, ijodiy yo'l bilan, shu jumladan boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo'lgan. Biroq, insonning dunyo va o'ziga bunday munosabat darhol yuzaga kelgani yo'q. Insonning tabiatga qarshilik ko'rsatish, mavjudlik vositalarini yaratish va ko'paytirish qobiliyatlari rivojlangunga va o'sgunga, buning natijasida etarli tajriba va bilimlar to'plangunga, odamlar aqli ko'p sonli savollarga javob izlash uchun etarli darajada yuksalgunga qadar insoniyat uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib o'tgan. Shu bois falsafaning mohiyatini, shuningdek uning paydo bo'lish sabablari va sharoitlarini tushunish uchun gapni inson dunyoqarashidan boshlash lozim. Nima uchun? Shuning uchunki, falsafa dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllaridan biri hisoblanadi. Falsafa haqida gapirish - inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Yerda paydo bo'lish tarixi haqida gapirish demakdir. Bu yerda biz hali kam o'rganilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi odamlar doim javobini topishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Ammo bilimning bu sohasida echilmagan muammolar bugungi kunda ham bisyor. Xususan, inson nima uchun, qaerdan, qaysi sabablarga ko'ra paydo bo'lgan, degan savolga aniq, umumiy etirof etilgan javob hanuzgacha mavjud emas. Xuddi shuningdek, aql faqat insonga xosmi yoki uning inson borlig'ida mavjudligi obyektiv borliqning bir parchasi, ayrim hodisasimi?, degan savol ham hali ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 93.5 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 93.5 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga