Falsafiy atamalar (glossariy) Agnostitsizm - inson obyektiv borliqni to'liq bilishi mumkin emas, deb hisoblaydigan falsafiy ta'limot. Antistsientizm - fanning jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini salbiy baholaydigan falsafiy nuqtai nazar. Antropogen - inson faoliyati bilan bog'liq. Antropotsentrizm - dunyoni bilishda insonni ustun qo'yuvchi falsafiy yondashuv. Aprior - tajribadan tashqarida. Inson tafakkurida tajribada ko'rilgunga qadar, tajribadan qatiy nazar paydo bo'lgan obraz, g'oya, tushuncha. Ateizm - xudoning borligini inkor etuvchi falsafiy nuqtai nazar. Atribut - xossa. Belgi - boshqa bir predmet, xossa yoki munosabatni ifodalaydigan va muayyan xabarni uzatish, saqlash yoki unga ishlov berishda ishlatiladigan moddiy, hissiy idrok etiladigan predmet. Garmoniya - bir butun narsa qismlarining o'zaro muvofiqligi. Germenevtika - falsafada - tarix, madaniyatni, o'zga individuallikni tushunish san'ati. Gipotetik - ehtimol tutilgan, faraz qilingan, taxmin (gipoteza)ga asoslangan. Globallashuv - ijtimoiy hayotning turli jabhalarida yaxlit tuzilmalarning dunyo miqyosida shakllanish jarayoni. Globalistika - globallashuv va uning oqibatlari mohiyatini anglab etishga qaratilgan ilmiy va falsafiy tadqiqotlar fanlararo sohasi. Gnoseologiya - bilish nazariyasi. Deduksiya - tadqiqot yoki tavsiflash metodi, usuli bo'lib, bunda ayrim qoidalar umumiy xulosalar, aksiomalar, qoidalar, qonunlardan tadrijiy yo'l bilan keltirib chiqariladi. Dezintegratsiya - butunning ayrim qismlarga parchalanishi. Deizm - Xudo dunyoni yaratgach, unda ishtirok etmaydi va uning voqealari tabiiy kechishiga aralashmaydi, deb hisoblaydigan falsafiy nuqtai nazar. Determinizm - barcha voqealar va hodisalarning qonuniyligi va sababiy bog'langanligi haqidagi falsafiy ta'limot. Dialektika - harakat, rivojlanish, o'zgarish haqidagi falsafiy ta'limot. Diskret - uzlukli. Differentsiatsiya - butunning turli-tuman qismlar, bosqichlar, shakllarga bo'linishi, parchalanishi, ajralishi. Ideal - mutlaq barkamollik, bunday barkamollik haqidagi tasavvur. Ierarxiya - bir narsaning funksional ahamiyati yoki xizmat mavqeiga ko'ra ikkinchi narsaga, uchinchi narsaga va hoka'zolarga bo'ysunishi. Izotrop - barcha yo'nalishlarda bir xil. Indeterminizm - determinizmga qarama-qarshi ta'limot. Integratsiya - birlashish, birikish, yaxlit bir butunning shakllanishi. Introvertiv - o'ziga, o'z ichki dunyosiga qarab mo'ljal oluvchi. Imitatsiya - taqlid qilish, soxtalashtirish. Axborot inqilobi - fan-texnika inqilobining rivojlanish bosqichi bo'lib, bunda axborot o'ta muhim resursga aylanadi. Irratsionalizm - borliqni oqilona mantiqiy bilish imkoniyatini rad etuvchi nuqtai nazar. Kauzallik - sababiyat, sabab va oqibatning qonuniy aloqasi. Kommunikatsiya (keng manoda) - muloqot. Ekzistentsializmda - muloqot turi bo'lib, uning yordamida «Men» o'zini boshqa odamda topadi. Konstitutsiyalash - yaratish, belgilash, muayyan tashkiliy tus berish. Konsyumerizm - istemol qilishga bo'lgan kuchli ehtiyoj. Koevolyutsiya - birgalikda tadrijiy rivojlanish. Kreatsionizm - butun borliqni Xudo yaratgan deb hisoblaydigan diniy ta'limot. Materializm - dunyoning moddiyligidan va ongdan qatiy nazar mavjudligidan kelib chiqadigan falsafiy yo'nalish. Metafizika - Gegeldan oldingi va hozirgi G'arb falsafasida borliqning o'ta hissiy tamoyillari va ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 11:08:27
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.79 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 11:08 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.79 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: docx