Fan va global muammolar falsafasi

Fan va global muammolar falsafasi

O'quvchilarga / Falsafa
Fan va global muammolar falsafasi - rasmi

Material tavsifi

Fan va global muammolar falsafasi Reja: 1. Fanning turli sivilizatsiya va davrlardagi taraqqiyoti. 2. Yevropatsentrizm va Osiyotsentrizm. hozirgi jahon fani. 3. Fan metodologiyasi va uning turlari. 4. o'tish davrida fan oldida turgan muammolar va ularni hal etish yo'llari. Fan nima? Fan ilmiy bilimlar tizimidir. Fan o'zining ilmiy tushuncha uslublari va metodologiyasiga ega bo'lgan, olamni bilish va o'zlashtirishning maxsus usuli, ilmiy bilimlar tizimidir. Shuningdek, fan ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Fanning mohiyatini inson va jamiyat hayotidagi o'rnini bilishda uning quydagi xususiyatlarini etiborga olish muhimdir: - inson faoliyatining o'ziga xos turi; - alohida ijtimoiy institut sifatida fan ilmiy bilimlar yig'indisi; - insoniyatning ma'naviy salohiyati, olam, tabiat, jamiyat va inson to'g'risidagi tasavvur va qarashlarni shakllantiradi; - olamni o'zlashtirish va o'zgartirish vositasi hisoblanadi. Fanning maqsadi nima? Fan o'z oldiga ilmiy bilimlar yaratishni maqsad qilib qo'yadi. Ilmiy faoliyat moddiy nematlar ishlab chiqarish faoliyatidan keskin farq qiladi. Kishilar mehnat faoliyati, siyosat, san'at, din va hokazo sohalardagi faoliyatlari jarayonida ham bilim orttiradi. Lekin ilmiy bilimlar izchilligi, tizimliligi va haqiqiyligi bilan ajralib turadi. Olamni ilmiy bilish olamga yangicha munosabat, yangicha qarashni taqozo etadi. U olamni diniy, badiiy, axloqiy, siyosiy bilishdan keskin farq qiladi. Voqelikka ilmiy munosabat har qanday aqidaparastlik va fanatizmni (taqdiri azalga ishonishni) istisno etadi. Ilmiy bilish avval boshdanoq falsafiy dunyoqarash bilan uzviy bog'liq ravishda vujudga keldi. Falsafa ilm-fan xulosalariga tayanib, olamning yangicha manzarasini yaratish imkoniga ega bo'ldi. Ilmiy bilishning darajalari empirik (tajribaga asoslanuvchi) va nazariy shakllarga bo'linadi. Empirik bilim asosan tajriba va eksperimentlar jarayonida olinadigan va haqiqiyligi tajribalar jarayonida sinab ko'rilgan bilimlardir. Bilishning nazariy darajasida ilmiy qarashlar, bilimlar qati tizimga solinadi. Ilmiy tushunchalar qatiy mezon asosida o'rganilayotgan fanning ko'pqirrali tomonlarini chuqurroq va to'laroq bilishga imkon beradi. Ilmiy bilimlar hosil qilish usullariga qarab, fanlar eksperimental va fundamental fanlarga ajratiladi. Shuningdek, ular o'rganish obyektiga qarab, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga bo'linadi. Tadqiqot predmetini chuqurroq o'rganish jarayonida fanning yangi soha va tarmoqlari vujudga keladi. Masalan, tabiyatshunoslik fanlarining botanika, zoologiya, kimyo, matematika, fizika kabi sohalari; ijtimoiy-gumanitar fanlarning tarix, qadimshunoslik (arxeologiya), etnografiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, falsafa, etika, pedagogika, psixologiya, madaniyatshunoslik kabi sohalari vujudga keldi. Ularning har biri yana qator tarmoqlardan iboratdir. Masalan, tarix fanining qadimgi dunyo tarixi, o'rta asrlar tarixi, yangi zamon tarixi; falsafaning ontologiya, gnoseologiya, aksiologiya, falsafa tarixi kabi. Insoniyatning keyingi ikki yuz yillik tarixi davomida tabiatni o'zlashtirish, inson mohiyatini bilish, jamiyatni takomillashtirish borasida erishgan yutuqlari fan taraqqiyoti bilan bevosita bog'liqdir. Inson tabiiy va ijtimoiy muhitga yaxshiroq moslashish, tabiatning stixiyali kuchlari oldida ojiz va chorasiz bo'lib qolmaslik uchun fanga murojaat qiladi. Shuningdek, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.31 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.31 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga