Faoliyat falsafasi (Praksiologiya)

Faoliyat falsafasi (Praksiologiya)

O'quvchilarga / Falsafa
Faoliyat falsafasi (Praksiologiya) - rasmi

Material tavsifi

Faoliyat falsafasi (praksiologiya) Praksiologiya (yunon. praktikos - faol) - falsafaning inson faoliyatini o'rganishga bag'ishlangan bo'limlaridan biri. Faoliyat tushunchasi inson borlig'ining tabiati va mohiyatini, uning shaxsiy imkoniyatlari, ijtimoiy aloqalari va munosabatlarini, inson ma'naviy dunyosi va moddiy amaliyot jabhasini teranroq tushunish imkonini beradi. Inson faoliyati o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, hayvonlar faolligidan butunlay farq qiladi. U individ va umuman jamiyat borlig'ining alohida usuli hisoblanadi. Ijtimoiy yo'nalganligiga qarab faoliyatning turli fanlarda o'ziga xos xususiyatlari bo'ladi. Ijtimoiy falsafa shaxsning ijtimoiylashuvi, yani jamiyat to'plagan tajriba, qadriyatlar va me'yorlarni o'zlashtirish usuli sifatidagi faoliyat mazmunini yoritadi. Sotsiologiyada faoliyat (ijtimoiy harakat) ijtimoiy organizmning subyektiv motivatsiya va boshqalarga qarab mo'ljal olish bilan tavsiflanadigan hamda shaxs va jamiyatning aloqasini ta'minlaydigan hujayrasi sifatida qaraladi. Ontologiyada faoliyat inson borlig'i usuli bo'lib, unda odamzotning mohiyatini belgilovchi kuchlar ayniqsa to'la aks etadi. Bilish nazariyasida asosiy etibor bilishning negizi va bilimlarimiz haqiqiyligining muhim mezoni bo'lgan amaliyot sifatida tushuniladigan faoliyatga qaratiladi. Axloq va huquq falsafasida xohish-iroda erkinligi muammolari va inson faoliyatini tartibga solish usullari o'rganiladi. Inson faoliyatining madaniyat bilan aloqasi mazkur faoliyatning o'ziga xos xususiyatini aks ettiruvchi muhim falsafiy muammolardan biridir. To'g'ri, inson yaratgan barcha narsalar ham madaniyatga mansub bo'lavermaydi, lekin ijodiy faoliyatsiz madaniyat mavjud bo'lishi mumkin emas. Yondashuvlarning bunday rang-barangligi tasodifiy bir hol emas, chunki inson faoliyati uning yashash omili hisoblanadi va odamzotning tabiatga, jamiyatga, o'z-o'ziga bo'lgan munosabatlari doirasini to'la qamrab oladi. Moddiy va ma'naviy nematlar ishlab chiqarish, siyosat va boshqaruv, muloqot va bilish, badiiy ijod va falsafiy mulohaza yuritish, tarbiya va o'zini o'zi tarbiyalash - bularning barchasi faoliyatni insonning dunyoga va o'z-o'ziga bo'lgan munosabatining universal shakli, shaxs va jamiyatning rang-barang ehtiyojlarini qondirish usuli sifatida tavsiflaydi. Faoliyat tushunchasining mazmuni. Falsafada faoliyat insonga xos bo'lgan va tashqi dunyoni oqilona o'zgartirishga qaratilgan faollikning alohida shakli sifatida tavsiflanadi. Ijtimoiy falsafada faoliyat ijtimoiy jarayonlarni amalga oshirish, insonning o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'zini qurshagan dunyo bilan aloqaga kirishish usuli sifatida qaraladi1. Faoliyat muayyan faoliyat turi bilan shug'ullanish qobiliyati uning amaldagi moddiy ifodasiga o'zaro o'tishini nazarda tutadi. Bu faol inson tashqi dunyoni o'zgartirishi va o'zi ham o'zgarishini anglatadi. Forobiy fikricha inson faoliyatsiz turaolmaydi, ammo har qanday faoliyat va harakat insonni inson qilib ko'rsata olmaydi. Chunki o'z tabiatiga ko'ra hayvonlar ham harakat qiladilar. Hayvon ovqatni ko'radi va unga intiladi va bunda ongsiz harakatni amalga oshiradi. Odamni hayvondan ajratadigan narsa- alohida iroda bo'lib, u ixtiyor deb nomlanadi2. Ixtiyor - komillikka intilish va unga erishish sari harakat demakdir. Inson maqsadni ham, unga erishish vositalari, yo'lni ham bilib oladi. Natijada u o'z maqsadiga etish uchun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.72 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.72 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga