Globallashuvning falsafiy muammolari

Globallashuvning falsafiy muammolari

O'quvchilarga / Falsafa
Globallashuvning falsafiy muammolari - rasmi

Material tavsifi

Globallashuvning falsafiy muammolari Reja: 1. Globallashuv - yangi falsafiy mavzu. 2. Global muammolar - globallashuvning oqibati sifatida. 3. Global ongni shakllantirish zarurati. Dars maqsadi talabalar bilan Ijtimoiy taraqqiyotning muammolari, hozirgi davri, jahon sivilizasiyasining hozirgi davrdagi xususiyatlari, mamlakatimiz taraqqiyotining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganishning ahamiyati to'g'risida suhbat-muloqot o'tkazib, ularning bilim va malakasini oshirishdan iborat. Globallashuv atamasini dastlab amerikalik olim T. Levitning 1983 yili Garvard biznes rev'yu jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olgan edi. Muallif yirik transmilliy koorporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli - tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonini shunday atagan edi. Globallashuv haqida nazariyalar: iqtisodiyot fani nazariyotchilarining diqqat e'tibori asosan moliyaviy globallashuv, global transmilliy korporatsiyalarning shakllanishi iqtisodiyotning mintaqaviylashuvi, jahon miqyosida savdoning jadallashuvi kabi masalalar tahliliga qaratilgan. Tarixiy asarlarda esa bu jarayon kapitalizmning ko'pasrlik taraqqiyot bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi. Siyosatshunoslar transmilliylashuv jarayoning tezlashuvi, dunyo mamlakatlari o'rtasidagi o'zaro bog'liklikning kuchayishi, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokida yangi umumsayyoraviy tartibning shakllanishi har tomonlama chuqur tadqiq etmoqda. Sotsiologiya sohasi mutaxasislari madaniyatning universallashuvi ta'sirida turli mamlakat va mintaqa halqlari turmush tarzining yaqinlashuvi va bir xillashuvini tasdiqlaydigan dalillarni izlamoqda. Faylasuflar esa Kantning yaxlit abadiy dunyo hamda umumdunyoviy hukumat haqidagi g'oyasiga tayanib, turli millat va halqlar qadriyatlarining uyg'unlashuvini asoslashga intilmoqda. Ma'lum bo'ladiki, globallashuv jarayonining yagona ta'rifi ham, uning mazmun-mohiyatini aks ettiradigan yaxlit konsepsiya ham yaratilmagan. Shunday bo'lsada, mazkur jarayonning eng umumiy jihatlari, bizningcha, quyidagilardan iboratL: Birinchidan, XX asr ikkinchi yarmiga xos asosiy tehnologiya - yadro qurolini ishlab chiqarish bilan bog'liq edi. Global davr tehnologiyalari esa televideniye, reaktiv samolyot, kosmik yo'ldosh, komp'yuter, uyali telefon, Internet kabi aloq avositalari bilan belgilanadi. Ikkinchidan, insoniyatning globallashuv davriga qadam qo'ygani kommunistik g'oya, mafkura va siyosatning tanazzuli va shuning natijasida liberal - demokratik qadriyatlar g'alabasini anglatadi. Ammo bu qadriyatlar jahonning ko'pgina mamlakatlarida qaror topayotgan bo'lsada, ularning shakl shamoyili va mohiyati ba'zan haqiqiy demokratik g'oya hamda tamoyillaridan farq qilayotgani ham sir emas. Hozirgi paytda insoniyatga xavf solib turgan umumbashariy muammolar deganda butun dunyo, barcha davlatlar va halqlarning ishtirokisiz yechish mumkin bo'lmagan muammolar tushuniladi. Bunday muammolar quyidagilardir: - termoyadro urushi xavfining oldini olish va qurollanishni bartaraf etish; - jahon iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotning o'sishi uchun qulay shart-sharoit yaratish; - iqtisodiy qoloqlikni tugatish; yer yuzida qashshoqlik va ochlikka barham berish; - tabiiy boyliklardan oqilona va komplneks yondashgan holda foydalanish; - insoniyatning baxt-saodati yo'lida fan-texnika yutuqlaridan foydalanish uchun xalqaro hamkorlikni yanada faollashtirish(eng xavfli kasalliklarga qarshi kurash, koinotni o'zlashtirish); -dunyo okean boyliklari va imkoniyatlaridan unumliroq foydalanish; ozon qatlami yo'qolishi xavfining oldini olish va h.k.; - insoniyat va uning kelajagi to'g'risidagi o'zaro ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 99.66 KB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 99.66 KB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga