Gnoseologiya. Axborotlashuvning falsafiy asoslari

Gnoseologiya. Axborotlashuvning falsafiy asoslari

O'quvchilarga / Falsafa
Gnoseologiya. Axborotlashuvning falsafiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Gnoseologiya: bilish nazariyasi. Axborotlashuvning falsafiy asoslari. Reja: 1.Bilishning mazmun-mohiyati. 2. Bilish darajalari, falsafada haqiqat muammolari. 3. Falsafa metodlari. Ijtimoiy gumanitar fanlar metodlarining o'ziga xos xuzuziyatlari. 4. Ijtimoiy jarayonlar axborotlashuvining o'ziga xos jihatlari. Darsning maqsadi talabalarni ong, ruhiyatning mohiyati, o'z-o'zini anglash, uning shakllari, axborot, informasion portlash, ong va dunyoqarashda tub o'zgarishlarni amalga oshirish zarurati, bilish va bilim-falsafiy tahlil mavzusi, bilishning ob'ekti va sub'yekti bilan tanishtirish orqali ularning bilim va malakalarini oshirishdan iborat. Bilish va bilim. Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o'rganish falsafa tarixida muxim o'rin egallab kelmokda. Inson o'z bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nixoyat, o'z-o'zini o'zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muxim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug'ullanuvchi maxsus soxasi - gnoseologiya vujudga keldi. Inson bilishi nixoyatda ko'p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini xal etish bilan shug'ullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish extiyojlaridan kelib chiqib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar kuyadi. Хususan, XVII asr o'rtalarida yevropalik faylasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, xaqiqiy ilmiy bilishlar xosil qilishning usullarini o'rganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan shug'ullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina xaqiqiy bilimdir, degan G'oyani olKa surdilar. XVII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga, ratsional bilishning xissiy bilishga nisbatan ustunligiga aloxida urKu berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalarining xaqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari haqida baxs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi, degan masala keskin quyildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubxa bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldilar. Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o'zi to'g'risida bilimlar xosil qilishga qaratilgan aqliy, ma'naviy faoliyat turidir. Inson o'zini kurshab to'rgan atrof-muxit to'g'risida bilim va tasavvurga ega bo'lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffakiyatli shug'ullana olmaydi. Bilishning maxsuli, natijasi ilm bo'lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro'y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo'lgan ma'naviy extiyoj, hayotiy zaruriyatdir. Insoniyat ko'p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o'zi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar xosil qilinadi. Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar xosil qilish butun insoniyatga xos bo'lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy extiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug'ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi aloxida sotsial guruh vujudga keldi. Bo'lar - ilm-fan kishilari bo'lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug'ullanadilar. Bilishning ikki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 75.1 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 75.1 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga