Ijtimoiy prognozlashtirish muammolari O'zining, o'z farzandlarining, o'zi yashayotgan mamlakatning kelajagi haqida bilishni istamagan odam bo'lmasa kerak. Shu sababli qadim zamonlardan boshlab turli xalqlarda ertangi kunga nazar tashlash, kelajakni bashorat qilish qobiliyatiga ega bo'lgan kishilar katta izzat-ikromga sazovor bo'lgan. Forslar ularni afsungarlar, bobilliklar va assiriyaliklar - xaldeylar, qadimgi Misr aholisi - kohinlar deb atagan. Bashoratgo'ylar qadimgi Yunoniston aholisining hayotida alohida o'rin egallagan. Kelajakni bashorat qilishga falsafa tarixida ham, ijtimoiy tafakkurda ham turli ko'rinishlarda alohida etibor qaratilgan. Tarixning o'tish davrlarida, keskin ijtimoiy konfliktlar yuz bergan davrlarda bashoratning ahamiyati ayniqsa oshgan. Bu insoniyat hayotining barcha jabhalarida olamshumul o'zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrga ham xos. Yuzaga kelgan sharoitda ijtimoiy bashorat masalalari o'ta muhim nazariy va metodologik ahamiyat kasb etmoqda, ularni ishlab chiqish esa falsafiy tafakkurning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, kelajak bilan shug'ullanmagan falsafaning kelajagi yo'q. Ushbu mavzuning maqsadi bashoratga umumiy tavsif berish, uning asosiy turlarini ko'rib chiqishdan; ijtimoiy prognoz nimaligini, uning metodlari va tiplarini aniqlashdan; davrimizning olamshumul muammolar bilan belgilangan asosiy futurologik konsepsiyalarini tahlil qilishdan iborat. Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari. Bashorat - kelajak haqidagi, yani hali amalda mavjud bo'lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi obyektiv va subyektiv omillar ko'rinishida hozirgi zamonda potentsial mavjud bo'lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o'z gnoseologik tabiatiga ko'ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza - o'tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali malum bo'lmagan hozirgi davrga qarab mo'ljal oladi. Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko'ra bashoratning uch turini farqlash mumkin: 1) kundalik bashorat; 2) intuitiv bashorat; 3) ilmiy bashorat. kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda u yoki bu voqealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi. kundalik bashoratlarga xalqda keng mashhur bo'lgan ob-havo alomatlari misol bo'lishi mumkin. Masalan, quyosh botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo'lsa, yomg'irni kutish kerak; yozda ertalab tuman tushgan bo'lsa, demak kunduzi havo ochiq bo'ladi; Sharqdan shamol essa, tez orada yomg'irlar tugaydi. Bashoratning ikkinchi turi - intuitiv bashorat. Malumki, intuitsiya - bu ilmiy tajriba va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bevosita etish. Bashoratning bu turi hali yaxshi o'rganilmagan va ko'pincha unga etarlicha baho berilmaydi. Holbuki, aqlni lol qoldiradigan faktlar malum. Masalan, to'rt yuz yil oldin yashagan fransuz tabibi Mishel Nostradamus misli ko'rilmagan bashoratgo'ylik qobiliyatiga ega bo'lgan. O'zining mashhur «Tsenturiyalari» va boshqa asarlarida u XX asrning texnik kashfiyotlari - suv osti kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas, balki fransuz va rus inqiloblarini, shuningdek de Goll, Franko, Lenin, Stalin, Gitler, Mussolini kabi ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 11:08:27
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.06 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 11:08 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.06 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: docx