Inson borlig'i

Inson borlig'i

O'quvchilarga / Falsafa
Inson borlig'i - rasmi

Material tavsifi

Inson borlig'i Inson borlig'ining o'ziga xos xususiyati. Inson borlig'i tirik tabiatdan tabiiy rivojlanishning butunlay yangi, yuqoriroq bosqichi ekanligi bilan ajralib turadi. Ayni shu sababli yuqoridagi mavzuda jonli narsalar borlig'i haqida nima deyilgan bo'lsa, barchasi insonga ham tegishli va uning tabiiy-jismoniy, biologik asosi hisoblanadi. Shunday qilib, jonli organizmlarning mavjudlik qonunlari va tamoyillari his etuvchi mavjudot sanalgan insonga nisbatan ham to'la tatbiq etiladi. Ammo bundan tashqari insonni qolgan barcha jonli narsalardan farqlash imkonini beradigan, unda hech shubhasiz mavjud bo'lgan, lekin sinchiklab qaraganda ko'rinmaydigan, aniq tavsif berishning iloji bo'lmagan nimadir mavjud. Insonning ichki dunyosini aks ettiruvchi bu «nimadir» turli davrlarda turli mutafakkirlar tomonidan jon, ruhiyat, ong, tafakkur, ideal va hoka'zolar deb atalgan. Insonning mohiyatini tushunishga urinishlar, inson borlig'ining o'ziga xos xususiyatini aniqlash istagiga biz ibtidoiy jamoa davridayoq duch kelamiz. Falsafa tarixida inson individualligining ichki, yashirin holatini aks ettiruvchi «jon» va «ong» tushunchalarining tahliliga alohida etibor qaratilgan. Jumladan atoqli sofistlardan biri Protagor (mil. av. 490-420 yillar) mil. av. V asrdayoq «inson barcha narsalar mezonidir: u mavjud narsalarning mavjudligini, yo'q narsalarning esa yo'qligini belgilaydi», deb qayd etgan edi. Suqrot (mil. av. 469-399 yillar) ham haqiqat izlab insonga murojaat etadi. Inson o'z joni faoliyatini boshqara oladi, shu bois dunyoni tushunish yo'li o'z-o'zini bilish orqali o'tadi, deb hisoblaydi. Suqrotning mashhur shogirdi Platon birinchi bo'lib jon haqidagi yaxlit ta'limotni yaratdi. U odamlar jonining qandayligiga qarab ularni har xil tiplarga ajratdi. Keyingi davrlarda Seneka, R.Dekart, A.Navoiy, A.Jomiy, I.Kant, I.G.Fixte, J.P.Sartr, M.Xaydegger va boshqa mutafakkirlar insonning ma'naviy negizini birinchi o'ringa qo'yib, uning ongi, ma'naviy dunyosi va bilish qobiliyatlarini o'rganish ishiga salmoqli hissa qo'shdilar. Biroq XXI asrda deyarli ikki yarim yillik tarixiy taraqqiyot jarayonida ham inson muammosi o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Individuallik borlig'i. Nima uchun bilish jarayonida insonning ichki dunyosi doim birinchi o'rinda turadi? Nima uchun inson borlig'i narsalar borlig'ini tushunishda aksariyat mualliflarga tayanch nuqtasi bo'lib xizmat qiladi? Bu savollarga javobni qisman fransuz faylasufi A.Bergson (1859-1941)ning quyidagi so'zlaridan topish mumkin: «Mavjud barcha narsalar orasida eng ishonchlisi va bizga ko'proq malum bo'lgani, hech shubhasiz, bizning o'z mavjudligimizdir, zero bizda boshqa narsalar haqida mavjud tushunchalarni sirtqi va yuzaki deb hisoblash mumkin, holbuki o'z-o'zini bilish ichki, teran bilishdir»1. Odamlar asrlar osha o'zlariga o'zlari nazar tashlab, o'z ichki dunyosini tahlil qilish va o'z mohiyatini tushunishga urinish yo'li bilan bazi bir shak-shubhasiz tamoyillarni aniqlaganlar. Ular orasida inson tana va ruhning uzviy birligidir degan tamoyil, birinchi o'rinda turadi. Zero bu inson mavjudligining mutlaq va zaruriy omilidir. Ayni vaqtda bu birlikning yo'qolishi, uning uzilishi muayyan individning o'limini, u fikrlovchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.98 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.98 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga