Makon va vaqt

Makon va vaqt

O'quvchilarga / Falsafa
Makon va vaqt - rasmi

Material tavsifi

Makon va vaqt Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari. Bizni qurshagan dunyo mazmuni, borliqning umumiy xossasi bo'lgan borliq haqida so'z yuritar ekanmiz, makon va vaqt tushunchalarini chetlab o'tishimiz mumkin emas. Zero, har qanday jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa predmetlari va hodisalari bilan yonma-yon keladi, ko'lamlilik xususiyatiga ega bo'ladi. Shuningdek ular o'z ichki va tashqi holatlarini bir-biriga nisbatan o'zgartiradi va bu turli hollarda har xil tezlik, marom, surat va davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda ayrim yagona deb qaraladigan bu ko'rsatkichlar majmui bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va zamon o'z rang-barangligida cheksiz borliqning shakllari sifatida amal qiladi. Makon va vaqt falsafa tarixida. Makon va vaqt mohiyati haqida odamlar o'z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va o'tmishning aksariyat mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. Bu avvalo inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan. Zero ular kengayib va takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko'lamli shakllar va ularni o'lchash usullari haqidagi fan sifatida ajralib chiqqan geometriya ilk aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga astronomik kuzatishlar hamda koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi mulohazalar nuqtai nazaridan ham alohida etibor qaratilgan. Keyinchalik «makon» va «zamon» kategoriyalariga qiziqish hech qachon susaymagan. Ular bilan bog'liq ko'p sonli masalalar yuzaga kelgan. Ularning eng muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt mustaqil mohiyatlarmi yoki ular faqat nimagadir bog'liq holda keladimi? Shu munosabat bilan falsafa tarixida shakllangan ikki muhim va bir-biridan butunlay farq qiladigan yo'nalish - substantsial va relyatsion yo'nalishlarni farqlash mumkin. Substansional yo'nalishda makon va zamon materiya va ongga bog'liq bo'lmagan mustaqil mohiyatlar sifatida qaralgan. Substansional konsepsiya asoschilari Demokrit (makon muammosi bo'yicha) va Platon (zamonga nisbatan yondashuvlarda) makon va zamonni materiyaga ham, bir-biriga ham bog'liq bo'lmagan mustaqil mohiyatlar sifatida talqin qilganlar. Demokrit atomlar harakatlanuvchi bo'shliq amalda mavjudligi haqidagi yondashuvni ilgari surgan. Uning fikricha, bo'shliqsiz atomlar harakatlanish imkoniyatidan mahrumdir. Demokrit va Epikur makonni atomlardan iborat joy deb tasavvur qilgan va uni bo'shliq bilan tenglashtirgan. Makon mutlaq, bir jinsli va harakatsiz bo'ladi, vaqt esa bir tekis oqadi deb hisoblangan. Demokrit, Epikur va Lukretsiy Kar ta'limotiga ko'ra, makon obyektiv, bir xil va cheksiz. U atomlar joylashadigan joy. Vaqt (zamon)ni abadiyat bilan tenglashtirish mumkin - u o'tmishdan kelajak sari bir maromda kechuvchi sof davomlilikdan iborat. Vaqt - voqealar yuz beruvchi joy. Qadimgi yunon faylasuflari materiya, harakat, makon va vaqtni mustaqil substansiyalarga ajratuvchi bu g'oyalar keyinchalik Nyuton klassik mexanikasida rivojlantirildi. XVII-XIX asrlarda substansional konsepsiya - mutlaq makon va vaqt konsepsiyasi falsafada tabiatshunoslikda yetakchilik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.46 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.46 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga