Milliy g'oyani singdirishda oilaning roli 2

Milliy g'oyani singdirishda oilaning roli 2

O'quvchilarga / Falsafa
Milliy g'oyani singdirishda oilaning roli 2 - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVYeRSITYeTI Milliy g'oya va falsafa kafedrasi Falsafa, milliy g'oya va fan metodologiyasi fanlaridan KURS IShI Mavzu: Milliy g'oyani singdirishda oilaning roli Bajardi: Tekshirdi: Mavzu: MILLIY G'OYaNI SINGDIRIShDA OILANING ROLI RYeJA: KIRISh O'zbekiston qonunlari va Prezident asarlarida oila va uning jamiyatdagi roli haqida. Prezident Sog'lom avlod va uning kamoloti haqida. Oila g'oyaviy ta'sir ko'rsatishning ijtimoiy instituti sifatida. XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar KIRISh G'oyaviy ta'sir ko'rsatish institutlaridan biri oiladir. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifasi - inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila a'zolarining turmush sharoitini va bo'sh vaqtini samarali uyushtirishdan iborat. Oila sirtdan qaraganda mustaqil ijtimoiy hodisa. Lekin u mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi. Ular ta'sirida o'zgarib boradi. Shularga muvofiq har bir oila tilini, oilaviy munosabatlarni o'rnatadi. Oila xalqning, millatning, jamiyatning turmushga oid urf-odatlarini o'zida sinovdan o'tkazadi, yaxshilarini asrab-avaylaydi, kelgusi avlodlarga etkazadi. Oila o'z o'g'il-qizini tarbiyalaydi. Ularga milliy, mantiqiy, umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan boshlang'ich ta'lim beradi. O'z farzandlarini jamiyatga qo'shish bilan esa oila jamiyat yo'nalishi, iqtisodiyoti, madaniyati va ma'rifatini, g'oyaviy turmushni ham belgilashga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Qadim sharqda o'zbek oilalarining serfarzandligi malum bo'lgan. O'zbeklarda oilalarning muayyan turmush tarzi shakllanib, hayotiy tajribasi orttib borgan, tejamli va sarishta ro'zg'or yuritish, farzandlarning odobli, ma'naviy yetuk, g'oyaviy tetik, siyosiy barkamol bo'lib kamol topishida keksa ota-onalarning roli katta. O'zbek oilalari o'zlarining mustahkamligi, saranjom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mehr-oqibatli va boshqa qadriyatlari bilan ajralib turadi. Davlatimiz oila munosabatlariga davlat siyosati darajasida bajariladigan ustivor vazifa sifatida qaraydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasi - oila jamiyatning asosiy bo'g'ini hisoblanadi,jamiyat va davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Onalik va bolalikni - Kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida farmonlar (22 avgust 1994 y.). O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - 1998 y. Oila yili deb elon qilindi. O'zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo'mitasi huzurida Respublika Oila ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini hududiy tartibga solishga bag'ishlangan O'zbekiston Respublikasining oila Kodeksi qabul qilindi. Bunday tadbirlarning barchasining negizida sog'lom avlod tarbiyasi yotadi. Oilaga g'oyaviy-ma'naviy ta'sir ko'rsatishning ijtimoiy institutlaridan yana biri mahalladir. Mahalla - O'zbekistonda ma'muriy hududiy birlik, o'zini-o'zi boshqarishning xalqimiz an'analariga va qadriyatlariga mos bo'lgan tarixiy usuli. Mahalla tarixi qadim Sovetlar davrida mahallaga yuridik shaxs maqomi berilmagan edi. Mahalla biron bir moliyaviy, xo'jalik faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin emas, ular oldi-sotdi, ijaraga berish ishlarini bajarishda qatnashishlari mumkin emas edi. Mahalla huquq va vakolatlari cheklangan edi. Mustaqillik mahallalarga nisbatan munosabatlarni ham o'zgartirdi. O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 105-moddasiga va 1993 y. Sentyabr Fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organlari to'g'risidagi qonunga binoan mahallalar o'z huquqiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.69 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.69 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga