Ontologiya - borliq falsafasi

Ontologiya - borliq falsafasi

O'quvchilarga / Falsafa
Ontologiya - borliq falsafasi - rasmi

Material tavsifi

Ontologiya - borliq falsafasi Borliq falsafa predmeti sifatida. Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon, zamon, harakat, hayot, ong va shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan, avvalo fizika, astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o'rganilmaydi, degan manoni anglatmaydi. Bugungi kunda olimlar notirik, tirik dunyo va ijtimoiy dunyo nima, degan savollarga javob topishda jiddiy yutuqlarga erishganlar. Ular dunyo haqida bir qarashda yaqindagina - o'tgan asrda yashagan o'z hamkasblariga qaraganda to'laroq va teranroq tasavvurga egadirlar. Ammo, dunyoning mohiyati haqidagi ko'pgina muhim savollarga hozir ham aniq va uzil-kesil javoblar mavjud emas. Masalan, nafaqat makon yoki vaqt tushunchalariga, balki nisbatan soddaroq hodisa bo'lmish gravitatsiya tushunchasiga ham dunyoda biron-bir fizik bugungi kunda ham aniq (ayni paytda tajribada tasdiqlanadigan) ta'rif bera olmaydi. Shu sababli insonning dunyo haqidagi qarashlarida muhim rol o'ynaydigan, biroq ilmiy yechimini topmagan muammolarni falsafiy anglab etishga kuchli ehtiyoj doimo mavjud bo'lgan va hozir ham saqlanib qolmoqda. Bu muammolarning aksariyati haqli ravishda «boqiy» muammolar deb ataladi, chunki ular predmeti mos kelsa ham bilish metodlari va vositalari har xil bo'lgan fan va falsafa etiborini o'ziga qayta va qayta tortib kelmoqda. Shuni takidlash lozimki, fizika va boshqa muayyan fanlarga joiz bo'lmagan narsalar falsafa uchun joizdir. Aniq dalillarga tayanadigan va ularga muvofiq qarashlar birligiga erishishga harakat qiladigan tabiatshunoslikdan farqli o'laroq, falsafa yakdillikka intilmaydi va ayni bir muammolar bo'yicha bazan qarama-qarshi, bir-birini istisno etuvchi javoblar beradi. Shu tariqa u dunyoqarashni kengaytiradi, eski muammolarning odatdagi talqinini o'zgartiradi, aniq fanlarning metodlari bilan amalga tatbiq etiladigan yangi yechimlar ustida ijodiy izlanishga davat etadi. Shu tariqa falsafa evristik va metodologik rolni bajarar ekan, ayni vaqtda o'zi ham tabiatshunoslik oluvchi ishonchli natijalarga muhtoj bo'ladi va ulardan yangi nazariyalar tuzish uchun asos sifatida foydalanadi. Shu sababli biz borliqning asosiy shakllari va fundamental asoslarini falsafa nuqtai nazaridan o'rganar ekanmiz, albatta yo ishonchliligi shubha uyg'otmaydigan, yo borliqni yaxshiroq tushuntirgani uchun qabul qilinadigan tabiiy-ilmiy material va daliliy ma'lumotlarga tayanamiz. Ontologiya tushunchasi. O'quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o'rganish odatda ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo'lib, unda borliq va yo'qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o'rganiladi, shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo'lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o'zaklarga ega bo'lib (ontos - borliq, logos - so'z, ta'limot), borliq haqidagi ta'limot degan manoni anglatadi. Ontologiya falsafada alohida o'rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 51.15 KB
Ko'rishlar soni 150 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 51.15 KB
Ko'rishlar soni 150 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga