O'zaro aloqadorlik va rivojlanish falsafasi

O'zaro aloqadorlik va rivojlanish falsafasi

O'quvchilarga / Falsafa
O'zaro aloqadorlik va rivojlanish falsafasi - rasmi

Material tavsifi

O'zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari Axborot sivilizatsiyasi davriga qadam qo'yayotgan hozirgi zamon kishisi uchun jadal suratlarda o'zgarayotgan dunyo haqidagi tasavvur uning dunyoqarashining ajralmas tarkibiy qismidir. Ammo rivojlanayotgan dunyoning yaxlit nazariy obrazini yaratish - og'ir va mashaqqatli vazifa. Uni yechishning falsafiy yo'li ikki yarim ming yil muqaddam boshlangan bo'lib, shundan beri o'tgan davr mobaynida rivojlanish falsafasi shakllangan va bosqichma-bosqich atroflicha ishlab chiqilgan. Falsafaning mazkur bo'limi rivojlanish muammosini turli nuqtai nazarlardan o'rganuvchi konsepsiyalarni o'z ichiga oladi. Ularning orasida dialektika, metafizika va sinergetika alohida o'rin egallaydi. Ularning ayniqsa keng etirof etilgani va mufassal ishlab chiqilgani dialektikadir. Shu sababli bu bo'limda unga asosiy etibor qaratiladi. Dialektikani bilish, uning tamoyillari, qonunlari va kategoriyalaridan ijodiy foydalanish har qanday soha mutaxassisi aniq dunyoqarashi va metodologik intizomining muhim sharti hisoblanadi. Dialektika nima, uning mazmuni nimadan iborat, rivojlanishning dialektikaga muqobil qanday konsepsiyalari mavjud? Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari .«Dialektika» (yunon. dialektike - suhbat qurish san'ati) so'zining «dialog» (yunon. dialogos - ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar so'zlashuvi) so'zi bilan umumiy jihatlari bisyor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san'ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga etish maqsadida muammoni o'zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik - bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan. Stixiyali dialektika. Keyinchalik qadimgi mutafakkirlar ziddiyatlilik va o'zgaruvchanlik fikr-mulohazalardagina emas, balki real borliqda ham mavjud ekanligini payqaganlar. Bu faktning tagiga etgan ilk mutafakkirlardan biri efeslik Geraklit bo'lgan. U dunyoni «jonli olov» yoki «ikki marta kirish» mumkin bo'lmagan daryo oqimi sifatida tasavvur qilgan. Harakatchan dunyoda vaqt o'tishi bilan hamma narsa o'zining dastlabki shakl-shamoyilini yo'qotadi va asta-sekin o'zining qarama-qarshiligiga o'tadi: ho'l narsa quriydi, quruq narsa esa nam tortadi; bir narsa boshqa narsaga: sovuq issiqqa, tirik o'likka o'tadi. Bu mulohazalarda hozirgi talqindagi dialektikaning asoslari mujassamlashgan. Shu sababli qadimgi faylasuflarning stixiyali dialektikasini dialektikaning tarixan birinchi shakli deb hisoblash odat tusini olgan. (Bu borliq va bilishning jarayonlar mohiyatini anglab etishga asoslanmagan sodda dialektikasidir. O'rta asrlarda metafizika falsafadan dialektikani siqib chiqargan. Natijada dialektika odamlar ongiga diniy dunyoqarashni singdirish va mustahkamlash uchun hukmron sinflar faol foydalangan sofistika va sxolastikaga aylangan. Idealistik dialektika. Metafizika unsurlarini o'z ichga olgan dialektikaga qaytish Yangi davr falsafasi (Rene Dekart, Benedikt Spinoza, Deni Didro va b.)da yuz bergan. Shunga qaramay dialektikaning eng yaxlit konsepsiyasini klassik nemis falsafasida Georg Gegel ta'riflagan. Bu konsepsiya dialektikaning ikkinchi shakli deb ataladi. Gegel ilk bor dunyoni quyidan oliyga qarab boruvchi umumiy rivojlanish jarayoni sifatida tasvirlagan, rivojlanish manbai - qarama-qarshiliklar kurashini ko'rsatib bergan, dialektikaning asosiy qonunlari va kategoriyalarini ta'riflagan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.89 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.89 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga