Qadimgi davr, o'rta asrlar, uyg'onish davri falsafasi. Falsafiy tafakkur evolyutsiyasi. Qadimgi Sharq va G'arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. Qadimgi Sharq va G'arbda falsafasi insoniyatning ilm, fan, mnaviy taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o'ziga xosligi va betakrorligidan qatiy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega. Birinchidan, falsafiy tafakkur Sharqda ham, G'arbda ham ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi mifologiya negizida vujudga kelgan. Mifologiya inson o'zini atrof muhitdan ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq tushuntirishga qodir emasligi bilan tavsiflanadi. Inson dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan tushuntiradi. Ammo mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham qo'yiladi: dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o'lim nima va h.k. Ikkinchidan, G'arb va Sharq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo'lishi bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz bergan. Xitoyda falsafa bu yerda jamiyatning sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi yer mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan. Yunonistonda antik falsafa miloddan avvalgi VII-VI asrlar chegarasida shahar-davlatlar («polislar»)da avval Kichik Osiyoning G'arbiy qirg'og'ida (Ioniyada), so'ngra - Sitsiliya orolining yunonlar yashaydigan shaharlarida va nihoyat, Yunonistonda - Afinada (miloddan avvalgi V asr) vujudga kelgan va qadimgi dunyo madaniyati ravnaq topishi uchun shart-sharoitlar yaratgan sinfiy, quldorlik jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan. Qadimgi Markaziy Osiyoda falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi ham sinfiy (feodal) jamiyatning rivojlanishi va davlatning shakllanishi bilan bog'liq. Amudaryo bo'ylaridagi xalqlar, xususan Xorazmda eng yirik davlat tuzilmalari bo'lgan. Shuni qayd etish lozimki, keyinroq vujudga kelgan davlatlarda falsafaning shakllanishiga qadimgi davlatlarning ilk falsafiy tizimlari ta'sir ko'rsatgan. Uchinchidan, G'arb va Sharq falsafasi umuminsoniy qadriyatlarga qarab mo'ljal oladi. U insonni hamisha qiziqtiruvchi hodisalarni o'rganadi, Qadimgi manba Avestoda ko'rsatilgani kabi «qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi so'zlash va yaxshi ish ko'rish mumkin», degan savolga javob topishga harakat qiladi. Bu noyob mevalardan bahramand bo'lish uchun inson falsafiy donishmandlikni o'zlashtirishi lozim: u dunyo va uni anglab etish, inson va tabiat, inson hayotining mazmuni va boshqa shunga o'xshash muammolarda mo'ljal ola bilishi kerak. Aristotel ham shoh Iskandarga nasihatida Shuni bilgilki, o'zing buzuq va fosih ersang, raiyatu fuqaroni isloh qilolmaysan. O'zing adashgan, gumroh ekansan, ularga yo'lboshchilik qilolmaysan. Axir o'zi ko'r odam qanday qilib o'zgalarga rahnamo bo'lsin.? O'zi qashshoq o'zgani boy qila oladimi? Kimki o'zi xoru zalil bo'lsa, o'zgani qanday qilib mashhuru aziz ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 11:08:27
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
116.12 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 11:08 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
116.12 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx