Qadimgi Sharq va Antik dunyo falsafasi Reja: 1. Sharq - jahon sivilizatsiyasining markazlaridan biri. 2. Antik dunyo falsafasi. 3. Markaziy Osiyodagi eng qadimgi falsafiy qarashlar. 4. Markaziy Osiyodagi diniy, ilmiy va falsafiy qarashlar. Sharq qadimiy madaniyat o'chobi va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta'riflanmagan. Farb madaniyati tarixini o'rganish jarayonida Ovrupotsentrizm nazariyasiga obib ketish bayriilmiy bo'lgani kabi, masalaning Sharq bilan bobliq jihatini tahlil etganda ham Osiyotsentrizm boyalari ta'siriga tushmaslik lozim. Shu bilan birga, Sharqning o'ziga xosligi, unga mansub bo'lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo'shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e'tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi quchobida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o'zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta'sir ko'rsatganini doimo esda tutish darkor. Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko'pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o'tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bo'lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o'ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo'lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat o'choqlari haqida maktab ta'limi jarayonida «Eng qadimgi tarix» darsliklari orqali ma'lumot berilgan. Zukko talabalar o'sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo'lganini yaxshi biladi. Biz bugun o'sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, o'ziga xos ta'limotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Ko'hna Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo'lgan Misr, qadimgi zamonda ilk o'troq hayot va o'ziga xos dehqonchilik an'analari boshlangan Nil daryosi bo'ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi. Qadimgi Misr va Bobil falsafasi. Eramizdan avvalgi to'rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya'ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topgan. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yo'nalishda borgan. Birinchi yo'nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bobliq ekanini, ikkinchi yo'nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bobliq bo'lganini ko'rsatadi. Birinchi holda, asosan, tabiiy bilimlarga tayanilgan, kundalik hayotda duch kelinadigan voqea-hodisalar aniq dalillar asosida tahlil etilgan, o'rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. Bu - o'sha davr uchun tabiiy hol edi, ya'ni u - davrning inson ongida aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy bir tarzda ifodalanishi edi. Aynan ana shu hol tabiiy bilimlar rivojiga, garchand sodda tarzda bo'lsa-da, aksariyat hodisalarning falsafiy asosda izohlanishiga sabab bo'lgan. Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida nihoyatda ojiz bo'lgan odamzod, albatta, tevarak atrofdagi voqea-hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 11:08:27
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.11 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 11:08 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.11 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx