Qadriyatlar falsafasi Reja: 1. Qadriyat kategoriyasi, uning asosiy shakllari. 2. Qadriyatlar mavzusining tarixiy ildizlari. 3. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida qadriyatlarga munosabat. 4. Qadriyatlarning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati. Darsning maqsadi talabalarni tarixiy ildizlar, ijtimoiy taraqqiyot, qadriyatlarga munosabat, qadriyat, qadriyat kategoriyasining asosiy shakllari, inson hayotidagi ahamiyati, qadrlash tamoyillarini to'g'ri tarbiyalash vazifalarini tushuntirish orqali ularning bilim va malakalarini oshirish. Qadriyatlarni qaysi fan o'rganadi? Qadriyatlar tug'risidagi fan - Aksiologiya (aksio - qadriyat, logos fan, ta'limot ma'nosini anglatadi) falsafaning shu masalani o'rganadigan va u bilan shug'ullanadigan sohasi hisoblanadi. Sobiq Ittifoq davrida bu tug'rida nihoyatda kam ma'lumotlar bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar tug'risidagi qarashlarimiz shitob bilan o'zgardi. Sobiq Ittifoqning ilgari ulug'langan partiyaviy-sinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari talablariga javob bera olmay, o'tgan o'n yilliklardan iborat tarix sahifalari bilan birga yopilib ketdi. O'zbekistonda qadriyatlarga e'tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutaxassislar tomonidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi - Aksiologiyaning ko'pdan-ko'p mavzulari mutaxassislarimizning ilmiy izlanishlarida o'ziga xos o'rin tutmoqda. «Moziyga qaytib ish qo'rmoq hayrlidir», deb yozgan edi Abdulla Qodiriy «O'tgan kunlar» romanida. Huddi shunday, «Qadriyat o'zi nima?» savoliga javob berishdan oldin mavzuning tarixini, qisqa bo'lsa-da, o'rganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib bo'lmaydi. Qadriyatlar mavzusining tarixi, ildizlari va insoniyatga hos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq o'tmishga ega. G'arb olimlari bu borada, asosan, Yevropamadaniy merosi va g'oyalariga tayanadilar, ko'plab allomalarning nomlarini tilga oladilar. G'arbda qadriyatlar bilan shug'ullanadigan falsafiy soha - Aksiologiya (aksio - qadriyat, logos - ta'limot) fanining shakllangani ham ularning bunday qarashlari uchun muayyan asos bo'ladi. Biz Suqrot va Aflotun, Arastu va Hegellar katta e'tibor bergan bu mavzuning G'arb falsafasida o'z tarixiga ega ekanligiga shubha qilmaymiz. Ammo ushbu mavzu ko'hna va navqiron Sharq, hususan O'zbekiston uchun begona emas! Uning eng teran jihatlarini faqat G'arbdan emas, balki Sharqdan qidirish ham foydadan holi bo'lmasa kerak. Nomlari civilizaciyamiz tarixiga abadiy bitilgan Xorazmiy, Forobiy, al-Buhoriy, at-Termiziy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Yassaviy, NAQSHband, Ulug'bek, Navoiy, Mashrab, Bedil, Behbudiy, Avloniy kabi mutafakkirlar ijodida ham bu mavzuning izlari bor, teran qirralari ochilgan. Gap ana shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, sayqallab turishda, zamona realliklari nuqtai nazaridan holisona talqin qilishdadir. Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarining tarixi eng qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga, ya'ni halq og'zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Spitamen, Muqanna va Jaloliddin Manguberdi tug'risidagi asarlarda, Alpomish, To'maris va Shiroq tug'risidagi afsona va dostonlarda vatanparvarlik, halq va yurt ozodligi uchun fidoiylik kabi ko'plab umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan. Ma'naviy merosimizning yorqin namunasi - «Avesto» zardushtiylikning muqaddas kitobi bo'lganligidan, unda bu dinning qadriyatlar tizimi, ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 11:08:27
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.57 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 11:08 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.57 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx