Renessans davri Yevropafalsafasi. Renessans davri Yevropafalsafasining antropotsentrik xususiyati. XIV asrdan etiboran Yevropada Renessans davri boshlandi. Tabiiyki, bu ijtimoiy-tarixiy jarayon Yevropaning turli mamlakatlarida turlicha kechdi. Boshqacha aytganimizda, Renessans davri, mutaxassislarning fikriga ko'ra, Yevropada uch asosiy bosqichni: ilk bosqichni (XIV asr), yetuklik bosqichini (XV asr) va so'nggi (XVI asr) bosqichni bosib o'tdi.2 Renessans, yani uyg'onish davri o'zining ilk bosqichida butun Yevropani emas, balki uning eng rivojlangan mamlakatlarini qamrab oldi. Xuddi shuning uchun xam Renessans davri ilk bosqichlarining izlari qadimgi Italiyaga borib taqaladi. Renessans g'oyalari Italiyada XII asrdayoq vujudga kelgan edi3. Xuddi shuning uchun xam Renessans o'zining ilk bosqichida sof italyancha voqea edi. O'z taraqqiyotining yetuk bosqichida u butun Yevropaga xos xususiyat kasb etdi. Bu paytda Yevropaning bir qator rivojlangan mamlakatlarida hunarmandchilik va savdo-sotiq tezlik bilan rivojlana boshladi. Kishilarning shahar tomon intilishlari kuchaydi. Jamiyat hayotida shaharlarning o'rni va ahamiyati uzluksiz ortib bordi. Yangi iqtisodiy munosabatlar qaror topishish bilan birgalikda, kishilarning turmush tarzida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'la boshladi. Renessans davri o'ziga xos yangi madaniyatni yaratdi. Ushbu madaniyat nafaqat dinga, balki ilm va fanning ilg'or yutuqlariga tayana boshladi. Oqibatda, Renessans davrida Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida inqilobiy madaniy o'zgarishlar ro'y berdi. Chunonchi: birinchi kitob nashr etildi; Kolumb tomonidan Amerika kashf etildi; Vasko da Gama Afrikani aylanib o'tib, Hindistonga boradigan dengiz yo'lini ochdi; Magellan o'zining uzoq davom etgan sayohatiga asoslanib, Yer kurrasining sharsimon ekanligini isbotladi; geografiya va kartografiya fan sifatida etirof etildi; matematikada simvolik belgilar qabul qilindi; ilmiy anatomiya va fiziologiya asoslarini fan sifatida o'rganish boshlandi; ximiya va astronomiyada yirik yutuqlarga erishildi. Bir ibora bilan aytganda, Renessans davrida Yevropaning ko'p mamlakatlari madaniy hayotida tub o'zgarishlar ro'y berdi. Renessans Yevropatarixining shunday bir davriki, bu davrga kelib xristian dini o'zining monolit mavqeini yo'qota boshladi. Aniqroq qilib aytganimizda, ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida cherkov diktaturasi sindirildi. Bunday keskin burilish faqat falsafada, san'atda yoki adabiyotda emas, eng avvalo, xristianlikning o'zida ro'y berdi. Boshqacha aytganimizda, Yevropaning bir qator mamlakatlarida sekulyarizatsiya1 jarayoni boshlandi. Sekulyarizatsiya (jamiyat qayotiga umumiy ta'sirning kkmayib borishi) jarayonining sodir bo'lishi kishilar dunyoqarashiga dinning ta'sirini kamaytirib yubordi. Shuningdek, sekulyarizatsiya jarayoni ijtimoiy turmushning barcha jabhalariga xam o'z ta'sirini o'tkazdi. Oqibatda kishilarning fikrlash madaniyatida xam jiddiy o'zgarishlar ro'y berdi. Turgan gapki, fikrlash madaniyatidagi bunday keskin o'zgarish o'rta asr teokratizmiga qarshi kurash zaminida vujudga keldi va rivojlana boshladi. Tabiiy- ijtimoiy muhitda sodir bo'layotgan o'zgarishlarga insonning intellektual - aqliy imkoniyatlari nuqtai nazaridan qarash ro'y bera boshladi. Kishilar fikrlash madaniyatida gumanistik va antropotsentrik qarashlarning ustuvorlik qilishi ularni antik madaniy merosga bo'lgan qiziqishlarini orttirib yubordi. Bunday ...

Joylangan
08 Mar 2024 | 11:08:27
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
196.52 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Mar 2024 [ 11:08 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
196.52 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx