Tabiat falsafasi haqida

Tabiat falsafasi haqida

O'quvchilarga / Falsafa
Tabiat falsafasi haqida - rasmi

Material tavsifi

Tabiat falsafasi Tabiat tushunchasining falsafiy tahlili. «Tabiat» tushunchasi eng muhim va keng qo'llaniladigan falsafiy kategoriyalardan biridir. Bu atama bir necha talqinga ega bo'lib, falsafada ko'pincha u keng, tor va maxsus manoda ishlatiladi. Mazkur manolarning har biri, o'ziga xos xususiyatga ega. Tabiat tushunchasining keng manosi borliqni, butun dunyoni barcha rang-barang shakllari bilan jamuljam holda aks ettiradi. Bu manoda «tabiat» atamasi borliqqa nisbatan tatbiq etiladi va «materiya» kategoriyasidan ham kengroq falsafiy kategoriya sifatida amal qiladi, zero u moddiy va ma'naviy asoslarning birligidan iborat muayyan yaxlitlik sifatidagi insoniyatni ham o'z ichiga olgan Koinotning butun moddiy-energetik va axborot dunyosini qamrab oladi. Ayni shu manoda «tabiat» tushunchasi falsafaning borliq muammolari o'rganiladigan sohasi, yani ontologiyada keng qo'llaniladi. Mazkur atama ko'rsatilgan manoda falsafada ko'proq XIX asrgacha ishlatilgan. Tabiat tushunchasining tor manosi XIX asrda hayotning paydo bo'lishi va Yerdagi evolyutsiya jarayonlari muammolarini tushunishga nisbatan yangicha yondashuvlar yuzaga kelishi, shuningdek Inson dunyoda o'z o'rnini anglab etishi bilan shakllana boshladi. Shu manoda «tabiat» atamasi muayyan hajmgacha torayib, obyektiv borliqning biosfera (J.Lamark 1802 yilda biosfera atamasini muomalaga kiritgan), yani «hayot sohasi» deb nomlagan qisminigina anglata boshladi. Biosfera jonsiz tabiatning avvalgi rivojlanish mahsuli bo'lib, Yerning hayot kechayotgan nozik qatlamini tashkil etadi. U atmosfera, gidrosfera va litosferaning yuqori qismini qamrab oladi. Biosferada inson alohida o'rin egallaydi. U jonli tabiatning tabiiy qismi bo'lsada, vaqt o'tishi bilan unga qarshilik ko'rsatuvchi faol asosga aylandi. Bu faktni u ekologiya muammolari yig'ilishiga qarab anglay boshladi. Mazkur muammolar keskinlashgani sari inson o'zining o'zgargan holati haqida yanada teranroq mulohaza yuritib, tabiat va jamiyatning o'zaro aloqasi masalasini ilmiy, falsafiy va amaliy nuqtai nazardan yechishga harakat qila boshladi. Shu manoda, tabiat insonni qurshagan muhitni, yani borliqning biosferadan biologik tur sifatida o'rin olgan insonning mavjudlik sharoitlari majmui sifatida amal qiladigan qismini anglata boshladi. Shunday qilib, tabiatni o'rganishga nisbatan odatdagi yondashuvlar «biosfera va inson» murakkab sistemasining tahlili va uni falsafiy anglab etish hisobiga sezilarli darajada kengaydi, «tabiat» atamasi yangicha, yanada teranroq mazmun kasb etdi. Bu avvalo jamiyatning atrof muhit bilan o'zaro munosabatlari, xususan iqtisodiyot, ijtimoiy hayot sohasidagi faol fundamental tadqiqotlar mahsuli bo'ldi. Shu sababli «tabiat» atamasining mazkur manosi ijtimoiy falsafada ayniqsa ko'p ishlatiladi va odamlar yashaydigan tabiiy muhitni ham, inson qo'llari bilan yaratilgan (o'zgartirilgan) sun'iy muhitni ham qamrab oladi. Boshqacha aytganda, ayni holda o'zaro bog'liqlik va birlikda inson yashaydigan makonni tashkil etadigan «birlamchi» va «ikkilamli» tabiat nazarda tutiladi. «Tabiat» tushunchasining maxsus talqinida etibor muhokama predmetining ildizlari, fundamental asoslarini yoritishga qaratiladi. Mazkur kontekstda, masalan, inson, u yoki bu ijtimoiy hodisa, elementar zarra yoki, aytaylik, sharsimon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.51 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.51 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga